Adabiyotshunoslik


Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir 
ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi 
va o‘ziga xoslik
1
Badiiy so‘z ustalari Navoiy va Shekspir merosida tipologik 
o‘xshashliklarning ahamiyatga molik tomonlarini ko‘rsatishga 
urinar ekanmiz, ular dunyoqarashida muhim o‘rin tutgan mav
­
zulardan biri muhabbat muammosiga e’tiborimizni qara tamiz.
Alisher Navoiy asarini («Layli va Majnun») Shekspirning 
(«Romeo va Julyeta») asari bilan qiyoslash uning XVII asr-
danoq jahonshumul va ilmiy o‘rganilgan badiiy ijodini jahon 
adabiyoti kontekstida o‘rganish yo‘lida bir urinish desak, xato 
bo‘lmaydi. Ikkala san’atkor ishq mavzusidagi yuksak badiiy 
asarni yaratar ekan, fojiali sevgi tarixini syujetga asosiy man
­
ba qilib olishdi. 
O‘z navbatida, «Romeo va Juletta»ning sevgi tarixi ham 
xuddi shuningdek, italiyalik novellanavislar tomonidan bir 
necha marotaba qayta ishlangan Mateo Bandello novellasi 

Маматқулова Х.А. Алишер Навоий ва Вильям Шекспир ижодида баддий тамойиллар 
муштараклиги ва ўзига хослик («Лайли ва Мажнун» достони ҳамда «Ромео ва Жульетта» 
тра гедияси мисолида). Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009. – Б.24 – 49.


112
113
(1554) bu muhabbat tarixini butun Yevropaga mashhur qildi. 
Bu tarixni fransuz tilida Per Buato yaratdi (1559). Fransuz ti
­
lidan ingliz tiliga Vilyam Peytner tarjima qilib, nashr qildirdi. 
Ingliz shoiri Artur Bruk «Romeus va Julyetaning fojiali tarixi» 
nomli poema yaratdi. 
Sharq mutafakkiri «Alloh qudratining nishonasi» bo‘lmish 
buyuk tuyg‘uga «Mahbub ul-qulub» asarida mukammal ta’rif 
beradi
1
. «Layli va Majnun» dostonida ham ishq masalasiga 
doir nazariy mulohazalar bayoniga bag‘ishlangan baytlarni 
keltiradi:
Ey ishq, g‘arib kimiyosen,
Bal oyinayi jahonnamosen.
Ham zotingga darj kimiyoliq,
Ham oyinayi jahonnamoliq
2
.
Allomaning ta’kidlashicha, ishq ham «kimiyo», «ham oyi-
nayi jahonnamodir». Ishq insonga yaqinlashsa, gavdasining 
loyi tuproqdan o‘zga narsa bo‘lmagan insonning yuzini, tanini 
oltinga aylantiradi, bu bilan ham kifoyalanmay uni o‘tda kuy
­
dirib, tamoman eritadi. Bu kuyish natijasida uning vujudi va 
ruhi oltindek pok bo‘ladi, ya’ni kimyolanish jarayonida uning 
vujudi o‘zidagi qusurlardan qutulib va fazilatlar kasb etib, ka
­
molotga erishadi. 
Shekspir asarida ham ishq mavzusi ko‘p qirrali yoritiladi. 
Shoir personajlari bu haqda turli sharoitlarda turlicha fikr yu
­
ritadilar. Shekspirda sevgi haqida birinchi xizmatkorlar gapiri
­
shadi, ular uchun sevgi – qizlar bilan ko‘ngilxushlik; enaganing 

Қаранг: Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. – Тошкент, 1983. – Б.49.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. XX томлик. – Тошкент: Фан, 1992. IX 
том. – Б.293.
ham Julyettaning yoshligida yiqilganini eslab aytgan gaplari va 
fikrlari ularnikidan qolishmaydi. Asarda Benvolio va Merkutsio 
ishq haqida istehzoli so‘zlashar ekan, ko‘ngilochar hissiyotlar 
haqida xizmatkorlarning qo‘pol va sodda gaplaridan farqli ra-
vishda yosh aslzodalar bunday hissiyotlardan nafratlanishadi 
va Romeoning oshiqligini masxara qilib kulishadi.
G‘arb mutafakkiri Shekspir oksyumoronlardan unumli foy
­
dalanib ishq tavsifining nihoyatda yorqin namunalarini yara-
tadi: a brawling love – savdoyi junun; a loving hate – suyukli 
nafrat; a heavy lieghtness – qo‘rg‘oshin pat; a cold fire – sovuq 
alanga; a sick health – sog‘lom bemor. Mutafakkir shoir ishq-
ning ta’rifida davom etar ekan, poetik mahorat bilan uning si
­
tamkorligini, o‘tday kuydirishini, bu o‘t oshiqni ko‘z yoshdan 
jamg‘arilgan 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin