Affikslarda unumli va unumsiz so’z yasalishi Mundarija Reja



Yüklə 56,13 Kb.
səhifə3/6
tarix10.12.2023
ölçüsü56,13 Kb.
#139402
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi 2023

1. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi.Ular ko‘pincha bir turkumdagi so‘zdan boshqa bir turkumga mansub yangi so‘z yasaydi: yoz, qish – ot || yozgi, qishki - sifat || ish, qon–ot || ishla, qonat-fe’l || supur, o‘r–fe’l || supurgi, o‘roq - ot. Shuningdek, ular bir turkum doirasida so‘zlar yasashi ham mumkin: -chi: ishchi, xizmatchi, payvantchi || - bon: bog‘bon, darvozabon kabi. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka birdan ortiq qo‘shilishi va yangi - yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: bog‘ + bon + lik, ter+im+chi+lik. Bunday yasalish, odatda, negiz asosida yasalish hisoblanadi. Xullas, so‘z yasovchilar o‘zakning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi marfemalar bo‘lib, tilning Leksik qatlamini boyitadi.
2. Shakl yasovchilar (lug‘aviy shakl qo‘shimchalari) so‘zning lug‘aviy ma’nosini bir oz o‘zgartib, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradigan, biroq yangi so‘z hosil qilmaydigan morfemalardir. Masalan: kitoblar, kitobcha, kattaroq, kattagina, beshinchi, beshov, uchala, borgan, ishlamoq, kuldir, kelma. Shakl yasovchilar o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i berish bilan birga ularning sintaktik munosabatini belgilashda ham o‘ziga xos o‘rnga ega bo‘ladi.
3. So‘z o‘zgartuvchilar (aloqa – munosabat qo‘shimchalari) muayyan so‘zning nutqdagi boshqa so‘zga nisbatan sintaktik munosabatini, aloqasini ko‘rsatuvchi affikslardir. So‘z o‘zgartuvchilar 1) kelishik (turlovchi) qo‘shimchalari; 2) egalik qo‘shimchalari; 3) shaxs-son (tuslovchi) qo‘shimchalaridan iborat. Masalan: kuzning havosi, kitobni o‘qidim, daladan qaytayapman kabi birikmalar tarkibidagi so‘zlar o‘trtasidagi sintaktik aloqa -ning, -ni, -dan kabi kelishik, -i egalik, -m, -man kabi shaxs-son qo‘shimchalari vositasida yuzaga kelgan.
Affikslarning tuzilishiga ko‘ra turi. Affiksal morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, gulzor, gulla, aqlli kabi so‘zlardagi -zor, -la, -li sodda affikslar bo‘lsa, zavqlan, dehqonchilik, isrofgarchilik kabi so‘zlardagi -la\n, -chi\lik, -gar\chi\lik murakkab affikslar bo‘lib, ular tarkiban bir necha sodda affikslarning birikishidan tuzilgan. Demak, murakkab affikslar ikki yoki undan ortiq sodda affikslarning bitta ma’noli qism doirasida birikishi orqali yuzaga keladi.

Yüklə 56,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin