Koks olish va shixta tayyorlash
Koks sun’iy yoqilg‘i turlariga kiradi. U maxsus navli toshko‘mirni 900–1000 °C haroratda zich yopilgan kameralar – koksli batareyalarda quruq haydash yo‘li bilan olinadi. Kokslash vaqtida yengil komponentlarni gaz va bug‘ ko‘rinishida haydash bilan toshko‘mirni termik parchalanishi boradi. Yengil komponentlar sovutgichga yuboriladi, u yerda bir qator qimmatli komponentlarning kondensatsiyalanishi kechadi. Tozalangan gaz esa sovutgichdan chiqarilib, marten pechlarini qizdirish uchun yoqilg‘i sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Koks eng qimmat va tanqis yoqilg‘i turi hisoblanadi. Ubo‘lakli va mustahkam materiallarni qayta ishlaganda (misol uchun,shaxtali pechlarda) ishlatiladi.Koks toshko‘mirni havosiz sharoitda 1000–1100 °C haroratda quruq qizdirish orqali olinadi. Kimyo sanoatida koks tayyorlash jarayoni maxsus texnologiyada olib boriladi. Bu jarayon maxsus koks tayyorlash batareyalarida olib boriladi. Kokslash jarayoni natijasida quyidagi
mahsulotlar olinadi. Massaga nisbatan % hisobida 78 % koks, 15 % koks gazi, 3,5 % toshko‘mir moyi, 0,3 % ammiak, 07 % xomaki benzol va 2,5 % yog‘li suv.
Kokslash jarayonida ajralib chiqqan gazning issiqlik sig‘imi taxminan 4500 kkal/m3 ni tashkil etib, yuqori haroratda ishlaydigan metallurgik pechlarda, koks tayyorlash pechlarida yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Koks toshko‘mirga nisbatan mexanik mustahkam, issiqlik berishenergiyasi (1 = 6600 kg/kkal) va kollorimetrik harorati 700 °C ga teng.
Koksning bu ko‘rsatkichlari uni metallurgik pechlarda shaxtali, domna va hokazo hamda metallurgik jarayonlarda qaytaruvchi sifatida keng foydalanishga asosiy omil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |