Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


-Ma’ruza mavzusi: Sintaksis. So’z birikmasi



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə12/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

4-Ma’ruza mavzusi: Sintaksis. So’z birikmasi


Dars rejasi:
1. Sintaksis haqida umumiy malumot
2. Sintaktik aloqa turlari
3. Boshqaruv
4. Moslashuv
5. Bitishuv
6. So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
7. So’z birikmasi
8. So’z birikmasi va uning turg’un birikma va gapdan farqi.
9. So`z birikmalarining tasnifi
Tayanch tushunchalar:
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so`zidan olingan) grammatikaning bir bo`limi bo`lib, so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmasi, gap, ularning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
Birikma – 2 mustaqil so’zlarning o’zi tobe aloqasi.
Boshqaruv – hokim so’zning talabi bilan tobe so’zni kelishik va ko’makchilar bilan shakllanishi.
Moslashuv - qaratqich kelishikdagi so’zlarning egalik qo’shimchasini olgan so’z bilan va bosh kelishikdagi so’zning eganing kesim bilan birikishi.
Bitishuv – ohang va tartib bilan birikish.
Adabiyotlar:
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.
3. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. R.Yunusov. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
6. U. Tursunov, J. Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. «O‘zbekiston», Toshkent. 1992-yil.
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so`zidan olingan) grammatikaning bir bo`limi bo`lib, so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmasi, gap, ularning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
Sintaksis, bir tomondan, so`z va so`z shakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish birikish yo`llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog`lanish asosida yuzaga keladigan sintaksis birliklarni o`rganadi.
So`z birikmasi, gap, gap bo`laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik grammatik kategoriyalar hisoblanadi.
So`zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog`lanish, aloqa ikki xil bo`ladi:
1) teng bog`lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog`lanish, yoki tobe aloqa.
Teng bog`lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo`lgan biri ikkinchisiga bo`ysunmagan so`zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so`zlar yoki gaplar o`zaro teng bog`lovchilar, teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash ohangi (intonatsiya) yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go`zal ezgulikdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur).
2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur).
Birinchi misolda eng maqbul, go`zal sifatlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog`lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo`lgan qismlar (so`zlar, ergash gapli qo`shma gap qismlari) o`zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to`ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to`ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o`qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo`lsa, qadr-qimmati ham bo`ladi (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Birinchi misolda so`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim qism (o`qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo`lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo`shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo`ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo`lsa» tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. SHunday qilib, bog`lanishning ikki xil turini so`zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog`lanish haqida «qo`shma gap» bo`limida baxs yuritiladi).
So`zlar orasidagi tobe bog`lanish ikki xil bo`ladi:
1) predikativ tobe bog`lanish; 2) nopredikativ tobe bog`lanish.
Ega va kesimning bog`lanishi predikativ tobe bog`lanish hisoblanadi va bunday bog`lanishdan gap hosil bo`ladi. Tobe (ergash) bog`lanishning qolgan ko`rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to`ldiruvchi+to`ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog`lanish bo`lib, bunday bog`lanishdan so`z birikmasi yuzaga keladi.
So`zlarning nopredikativ tobe bog`lanishi uch xil bo`ladi:
1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv.

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin