Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə17/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

So`z birikmasi tahlili

1. Gapdagi so`z birikmalari aniqlanadi.
2. Bosh va ergash so`zlar aniqlanadi.
3. Bosh va ergash so`zlarning bog`lanish
usuli (moslashuv, boshqaruv, bitishuv).
4. Hokim va tobe so`zlarni

bog`lovchi vosita (kelishik qo`shimchasi, ko`makchi yoki ohang) aniqlanadi.
5. So`z birikmasining bosh so`z turkumi bo`yicha turi aniqlanadi.
6. So`z birikmasidagi ergash so`zning vazifasi bo`yicha turi aniqlanadi.
7. So`z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi


5-Ma’ruza mavzusi: Punktuatsiya


Reja:
1. O‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi.
2. O‘zbek punktuatsiyasining asosiy tamoyillari.
3. Tinish belgilarining turlari va qo‘llanish o‘rinlari:
a) nuqta, so‘roq, undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari;
b) nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergulning qo‘llanish o‘rinlari;
v) ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoqning qo‘llanish o‘rinlari.
5. Xulosa.


Tayanch tushunchalar: o‘zbek punktuatsiyasining asosiy tamoyillari, punktogramma- tinish belgilari, nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo‘shtirnoq, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1976.

  2. Nazarov K. To‘g‘ri yoza olasizmi? - Toshkent: O‘zbekiston, 1979.

  3. Nazarov K. Tinish belgilari va yozma nutq. - Toshkent: Fan, O‘qituvchi, 1974.

  4. Nazarov K., Egamberdiyev. O‘zbek tili imo-ishoralari qoidalari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996.

«Punktuatsiya» so‘zi aslida lotincha «punctum», ya’ni «nuqta», «o‘rin, joy» tushunchalarini anglatuvchi so‘z bo‘lib, hozirgi kunda tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi maxsus bo‘limining nomi hisoblanadi.
Punktuatsiyada tinish belgilarining (punktogramma) qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Ma’lumki, «tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi.»10
Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim: a) ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi; b) vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi; v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi; d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim. 11
O‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda O‘zbekistonda matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hammasi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga turtki bergan. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi X1X asrning 70-yillariga borib taqaladi.
O‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotini 2- davrga bo‘lib o‘rganish mumkin.
1. X1X asrning 2-yarmidan 1917- yilga qadar bo‘lgan davr.
2. 1917- yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi.12 1-davr o‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi, o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi. 2-davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlaydi. O‘zbek punktuatsiyasini ilmiy asosda o‘rganish masalasi 1917- yilda keyin yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. O‘zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari tilshunos olimlar Sh.Shoabdurahmonov, G‘. Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab berilgan.13 Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarini qo‘llashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin