54
Kelasi zamon fe’lining
-g‘u affiksli formasi eski o‘zbek tili uchun xarakterli
bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu formaning qo‘llanishi ancha chegaralangan va
asosan she’riy asarlarda uchraydi.
Kelasi zamon fe’lining
-g‘u affiksli formasi qadimgi uyg‘ur tiliga oid
manbalarda ham iste’molda bo‘lgan, o‘rxun-enisey tekstlarida uchramaydi, o‘guz
va qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga oid yozma yodgorliklarda qo‘llangani ham
qayd qilinmagan. O‘guz gruppasidagi tillarning ko‘pchiligida bu forma hozir ham
qo‘llanmaydi. Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha,
-g‘u affiksli forma tarixan
qorluq gruppasidagi turkiy tillar uchun xos bo‘lgan.
Bu fikrni Mahmud
Qoshg‘ariyning ma’lumoti ham tasdiqlaydi. Uning ko‘rsatishicha, XI asrda
-g‘u
affiksli forma chigil, yag‘mo, tuxsi, arg‘u, uygur va boshqa ayrim turklar tilida
qo‘llangan bo‘lib, o‘g‘iz, qipchoq, bajanak, bulg‘orlar tilida bu forma o‘rnida
-
asы/-әsi affiksli forma qo‘llangan.
Eski o‘zbek tilida kelasi zamon fe’lini yasovchi
-g‘u affiksi jarangli [g‘], [g]
undoshlari
bilan boshlanuvchi –g‘y/-gү va jarangsiz [q], [k] undoshlari bilan
boshlanuvchi
-qu/-kү variantlarida qo‘llangan. Bulardan qaysi birining ishlatilishi
shu affiksni qabul qilgan fe’l o‘zagining qattiq yoki yumshoqligiga, shuningdek,
fe’l oxiridagi undosh tovushning jarangli yoki jarangsiz bo‘lishiga bogliq bo‘lgan.
Masalan:
al + g‘u, bil +gү, qorq + qu, tuq + qu ( < t u g‘ + q u , ) yet + k ү , tek +
k ү (k ү ), bashla + g‘u ishlә + g u .
-g‘u affiksining etimologiyasi aniqlangan emas. Ba’zi tadqiqotchilar bu
affiksni etimologik jihatdan bilge tipidagi sifatdoshni yasovchi -g‘a(-gә) affiksi
bilan birlashtiradilar, to‘g‘rirog‘i, ular -g‘a affiksi -g‘u affiksidan kelib chiqqan,
degan fikrni aytadilar.
Mavjud faktlarning ko‘rsatishicha, -g‘u va -g‘a affikslari etimologik jihatdan
haqiqatan ham bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqdir. Lekin bular biri ikkinchisidan
emas, balki bir manba asosida parallel ravishda rivojlangan affikslardir. Gap
shundaki, bilgә tipidagi sifatdosh formasini yasovchi -g‘a murakkab affiks bo‘lib,
ikki mustaqil affiksning birikuvidan tashkil topgan (-g‘ + a), ya’ni -g‘(-g) affiksi