O’rtacha seriyadagi shlitsali birikmalarning o’lchamlari jadval
Nominal o’lchamlarrri ZxdxD
b, mm hisobida
D1, mm hisobida
l, mm hisobida
c, mm hisobida
r,mm hisobida
6x11x14
3
9,9
19
0,3
0,2
6x13x16
3,5
12
22
0,3
0,2
6x16x20
7
14,54
27
0,3
0,2
6x18x22
5
16,7
30
0,3
0,2
6x21x25
5
19,5
34
0,3
0,2
6x23x28
6
21,3
38
0,3
0,2
6x26x32
6
23,4
43
0,4
0,3
6x28x34
7
25,9
46
0,4
0,3
8x32x38
6
29,4
51
0,4
0,3
8x36x42
7
33,5
57
0,4
0,3
8x42x48
8
39,5
65
0,4
0,3
8x46x54
9
42,7
73
0,5
0,5
8x52x60
10
48,7
81
0,5
0,5
8x56x65
10
51,2
88
0,5
0,5
8x62x72
12
57,8
98
0,5
0,5
10x72x82
12
67,4
101
0,5
0,5
10x82x92
12
77,1
125
0,5
0,5
10x92x102
14
87,3
138
0,5
0,5
10x102x112
16
97,7
152
0,5
0,5
10x112x125
18
106,3
170
0,5
0,5
Jadvaldagi D - tashqi diametr, d - shlitsali teshikning ichki diametri, d1 - valdagi shlitsaning ichki diametri, b - tish eni, Z - tishlar soni, c - faskaning o’lchami, r - yumaloqlash radiusi.
Shponkali va shlitsali birikmalarga oid amaliy ish 3.9,b va 3.12-shakllarda ko’rsatilgandek bajariladi. Bu ishga oid topshiriq variantlari 3.4 va 3.5- jadvallarga berilgan.
Payvand birikma
Payvandlash bu detallarning ajralmaydigan birikmasi bo’lib, metallarni eritish yo’li bilan birikish joyida payvand chok hosil qilinadi.
Payvand birikmani eritib yoki bosim bilan payvandlab hosil qilish mumkin. Eritib payvandlashda payvandlanadigan detallarning chetlari erish chegarasi (zonasi)ga kiritilgan material bilan eritiladi. Natijada mustahkam payvand chok hosil qilinadi. Bosim bilan payvandlashdan oldin maxsus mashina yordamida detalning payvand qilinadigan sirti qizdiriladi va plastik deformatsiyalanguncha bosim ostida qisiladi. Birikmalarning payvand choklari: uchma-uch (c) (3.13-shakl, a), burchakli (y) (3.13-shakl, b), tavr (t) (3.13-shakl, v), ustma-ust ilintirib ulash (H) (3.13-shakl, g) choklariga bo’linadi. Payvand birikmaning turini ko’rsatadigan harfiy belgidan keyin raqam qo’yiladi (Cl, Y3, T2, H4). Raqam chokning barcha o’ziga xos xususiyatlarini, masalan, chetining qirralari (uchi) qiya qilib qirqilmasdan, yoki bir qirrasi qiya qilib qirqilmasdan, ikki qirrasi qiya qilib qirqilib yoki ikki qirrasi ham simmetrik ravishda ikki tomonlama qiya qilib qirqilib chok hosil qilingan (payvand qilingan) ligini bildiradi. Chizmada payvandlab ulanadigan choklarning belgilanish namunalari 3.6-jadvalda, asosiy shartli belgilarda qo’llanadigan yordamchi belgilar 3.7-jadvalda ko’rsatilgan.
Payvandlash usullarini shartli belgilash GOST da quyidagicha qabul qilingan :
A - avtomatik pay vandlash;
П - yarim avtomatik payvandlash;
Kt- kontaktli nuqtali payvandlash;
Kp - kontaktli rolikli pay vandlash;
Э- elektr yoyi bilan payvandlash;
Г - gaz bilan payvandlash; va hokazo.
Amaliyotda choklarni elektr bilan payvandlashdan ko’p foydalaniladi. Shu sababli choklarni elektr bilan payvandlanganga Эharfi qo’ymasa ham bo’ladi.
Payvand choklar uzluksiz (3.14-shakl, a) va har yer-har yerdan (3.14-shakl,b)bo’lishi mumkin; ℓ-har yer - har yeridan payvandlangan chok qismining uzunligi, t-payvand chokning qadami. Ikki tomonlama har yer-har yeridan payvandlangan chok zanjirli (3.14-shakl, b) yoki shaxmat (3.14-shakl, a) tartibida joylashgan bo’lishi mumkin.
Payvandlash usulidan qat’iy nazar chizmada payvand chok ko’rinsa asosiy tutash chiziq bilan tasvirlanadi (3.16- shakl, a), payvand chok ko’rinmasa shtrix chizig’i bilan tasvirlanadi. (3.16-shakl, b). Ko’rinadigan payvandlangan yakka nuqta asosiy tutash chiziq bilan "+" belgisi qo’yiladi (3.17-shakl); ko’rinmaydigan nuqta tasvirlanmaydi. Chok yoki yakka nuqta tasviriga chiqarish chizig’i chizib uning oxiriga bir tomonlama strelka qo’yiladi (3.16 va 3.17, a - shakllar).
Belgisi bo’lmagan chok tokchasiz chiqarish chizig’i bilan belgilanadi (3.18-shakl). Chokning shartli belgilari chiqarish chizig’ining tokchasiga qo’yiladi. Bu shartli belgilar payvand chokning yuz tomoniga ya’ni (ko’rinadigan chokka) chiqarish chizig’i tokchasining ustiga (3.19-shakl, a), orqa tomoniga yani ko‘rinmaydigan chokka esa tokchaning ostiga qo’yiladi (3.19-shakl, b).
Har bir standart chokning harf va sonli belgisi, uning konstruktiv elementini to’liq aniqlab beradi. Agar bir xil choklar bo’lsa, ular bir xil raqam bilan belgilanadi. Bu choklarning bittasini chiqarish chizig’iga bir xil choklar soni va choklar raqami, uning tokchasiga esa chokning shartli belgisi yoziladi (3.20-shakl, a).
Tasvirdagi boshqa shu xil choklarga chiqarish chizig’i chizilib, tokcha yasaladi; chokning yuz tomoni ko’rinib turgan bo’lsa tokcha ustiga, orqa tomoni ko’rinib turgan bo’lsa tokcha ostiga chok raqami yoziladi (3.20-shakl, b, v).
GOST 2312-96 da har-xil tuzilishdagi standart va nostandart choklar belgilangan. GOST 14806-96 bo’yicha alyuminni payvand qilganda chok shakli va o’lchamlari: payvandlash yopik kontr bo’yicha bajarilgan; T5 -chetlari qiya qilib qirqilmagan tavirli birikma (xoxlagan tomonni old tomon deb olish mumkin); PH3 - himoya gazida qolda elektrod bilan payvandlangan (buni ko’rsatmaslikka ruxsat beriladi); 6-chok kateti 6mm; payvandlangan (payvand chokni erigan metall bilan to’ldirilgan). Uchastka uzunligi 50 mm; qadami 100 mm bo’lib shaxmat tartibida payvandlangan (3.21-shakl).
Uchma-uch biriktirish choklaridan boshqa barcha standart choklarning shartli belgilanishiga chok kateti o’lchami ko’rsatiladi. Parchin mix va payvand birikmalar mavzusi bo’yicha bajariladigan amaliy ishning payvand birikmaga oid qismi 3.22-shaklda ko’rsatilgandek bajariladi.
Bu ishga oid topshiriq variantlari 3.8-jadvalda berilgan.
Parchin mixli birikma
Parchin mixli birikma yuqorida aytganimizdek ajralmaydigan birikma turiga kiradi. Parchin mix bir uchida kallagi bo’lgan silindrik sterjen.
Teshikka qo’yilmagan parchin mix uzunligi birikuvchi detallar qalinligi, teshikni to’lg’azish va pachaklab kallak hosil qilish uchun kerak bo’ladigan miqdorlar yig’indisi 2δ+(1,4÷1,7)d yoki δ+2δ1+(1,4÷1,7)d ga teng bo’ladi.
Parchin mix bilan detallarni biriktirish uchun detallar teshiladi. Teshik diametri parchin mix diametridan 1 mm katta bo’lishi kerak. Chunki qizdirilgan parchin mix teshikka erkin kirishi kerak. Chokni parchinlash uchun diametri 12 mm dan ortiq bo’lgan parchin mixlar 900-1000°S temperaturagacha qizdiriladi. Chokni parchinlashda parchin mix sterjini choktiriladi va natijada birikuvchi detallar teshigi to’lishadi, ya’ni parchin mix diametri teshik diametriga teng bo’ladi.
Parchin mix kallagi yarim dumaloq, yassi-konussimon, yashirin, yarim yashirin, konussimon va bortiq kallakli konussimon shakllarda bo’ladi. Shulardan eng ko’p ishlatiladigani: yarim dumaloq (GOST 10299-96) (3.23-shakl); yashirin (GOST 10300-96) (3.24-shakl); yarim yashirin (GOST 10301-96) (3.25-shakl) kallakli parchin mixlar bo’lib hisoblanadi.
Parchin mixlar chizmada quyidagicha shartli belgilanadi: «Parchin mix» so’zi; sterjen diametri mm da; sterjen uzunligi mm da; ashyosining guruhi; qoplanganlik guruhi; standart raqami ko’rsatiladi. Masalan, parchin mix diametri 8 mm, uzunligi 20 mm, guruh ashyosi 00, qoplamasiz: Parchin mix 8x20 GOST 10299-96; xuddi shunday guruh ashyosi 38, rusumi M3, 03 qoplamali qalinligi 6mm bo’lsa:
Parchin mix 8x20. 38. M3. 036. GOST 10299-96.
Parchin choklar mustahkam, zich va mustahkam-zich choklarga bo’linadi.
Birikadigan detallarni ustma-ust joylashtirib (3.26-shakl, a, b,v) yoki bitta yoki ikkita nakladka (detallarni yopib turadigan qismlar) bilan yoki uchma-uch joylashtirib parchinlash mumkin (3.26-shakl, g). Parchinlash bir qatorli (3.26-shakl,a) yoki ko’p qatorli (3.26-shakl) bo’lishi mumkin. Ko’p qatorli parchinlashda parchin mixlarning bir-biriga nisbattan joylashishiga qarab parallel (3.26-shakl, v, g) va shaxmat tartibli (3.26-shakl,b) choklarga bolinadi.
Bir qatorda yonma-yon joylashgan ikki parchin mix markazlari orasidagi t masofa parchinlash choki qadami deyiladi.
Po’lat metal konsturktsiyalarda mustahkam choklar-ning o’lchamlarini hisoblash formulalari quyidagilar:
t=3d t=4d ℓ=(1,5÷2) d ℓ1 =(2÷3) δ1=0,8 δ. -Bir qatorli ustma - ust va
ikki nakladkali choklar uchun
ikki qatorli ustma-ust chok uchun
-Parchin mixdan parchinlanadigan list
chetigacha bo’lgan masofa
-Parchin mix qatorlari orasidagi masofa
-Nakladka qalinligi
Mix parchin diametri (d) ning hisoblashda chiqqan qiymati GOST da ko’rsatilgan standart qiymatlarini o’nga yaqiniga yaxlitlab olinadi.
Parchin mix va payvand birikmalar mavzusi bo’yicha bajariladigan amaliy ishning mix parchinga oid qismi 3.26-shaklda ko’ rsatilgandek bajariladi.
Bu ishga oid variant topshiriq variantlari 3.9-jadvalda berilgan.
Adabiyotlar:
1.Qirg’izboyev Y. va b. Mashinasozlik chizmachiligi kursi "O’qituvchi” T., 1974.
2.Mogilniy I.M., Texnika chizmachiligi. "O’qituvchi", T.,1965.
Borisov D.M. va b. Chercheniyе. «Prosveshenie». M., 1980.
Mixaylenko V.E., Ponamarev A.M., Injenernaya grafika. «Visha shkola», K., 1985.
5.Suvorov S. G., Suvorova N. S. Mashinostroitelnoe cherchenie (v voprosax i otvetax) spravochnik. M., 1984.
6.Vasilenko E.A. i dr. Kartochki zadaniya po chercheniyu. «Prosvesheniya». M., 1984.
7.Fedorenko V.A., Shoshin A.E. Spravochnik po mashinostroitelnomu chercheniyu. L., 1981.
Yodgorov J.Y., Narzullayev A.X. Mashinasozlik chizmachiligi, BuxDU, Buxoro, 2006.