Qo’shimcha adabiyotlar 1. Ne’matov X. Tajalli tasavvuf bilish nazariyasi va tilshunoslikda sintaksisni o’rganish masalalari. O’zbek tili va adabiyoti, 2-son. 1993. 27-30 b.
2. Mengliev B. Morfologik vositalarning ma’noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari: Filol.fanlari nomzodi ... diss. -Toshkent, 1996. 1346.
3. Bobokalonov R. O’zbek tilida funktsional-semantik shakllangan so’z-gaplar. F.f.n. dis. -Toshkent, 2000. -136 b.
13-mavzu : Bir bosh bo’lakli gaplar. Ajratilgan vaqt : 4 soat
Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar Bir bosh bo’lakli gap haqida tushuncha.
Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari:
1) shaxsi aniq gap;
2) shaxsi noaniq gap;
3) shaxsi umumlashgan gap;
4) shaxssiz gap;
5) atov gap.
3. Bir bosh bo’lakli gap va to’liqsiz gap, so’z-gaplar.
Tayanch tushuncha va atamalar. Grammatik asos, bosh bo’laklar. Shaxs. Shaxsli (tuslanuvchi) fellar va bir bosh bo’lakli gaplar. Tuslanish shakllari. Predikativlik, vokativlik. Infinitiv fellar. To’liqsiz gap. So’z-gap.
Mavzuga oid muammoli savollar: 1. XX asrning oxirida gapning hokim bo’lagi, bosh bo’laklarning mavqei masalasida keskin o’zgarish yuzaga keldi. Fikrning ifodalanishi uchun kesimning asosiy rol o’ynashini isbotlab beruvchi qarashlar yuzaga keldi. Siz bu qarashlarning qaysisiga qo’shilasiz? Nima uchun?
2. Atov gapning bosh bo’lagi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanishi ma’lum. Shundan kelib chiqib, an’anaviy grammatikada atov gaplar kesimsiz gaplar qatoriga kiritiladi. Hozirgi grammatikada esa u kesimli gap hisoblanadi: bosh kelishikdagi kesim deyiladi. Qaysi fikr to’g’ri deb o’ylaysiz? Fikringizni asoslashga harakat qiling.
asosiy masala – bir bosh bo’lakli gap haqida tushuncha.
Darsning maqsadi: Bir bosh bo’lakli gaplarning asosiy logik-grammatik xususiyatlari to’g’risida malumot berish va ularni mustahkamlash.