qayerlik ekani, nimaga kelganini so‘rab, ko‘rmanasini
olib kelishga Oqqiz degan kanizini jo‘natadi. Ravshan
tillasi yo‘qligi uchun momosi Yunus pari bergan sehrli
uzukni ko‘rmana sifatida Zulxumorga yuboradi. Qiz uzuk-
ni tomosha qilayotib, unda o‘z ismi va suratini ko‘radi.
Uzuk sehrli ekanini bilgach, bunday uzuk har kimda ham
bo‘lavermasligini o‘ylab, yigitni huzuriga olib kelishlarini
buyuradi.
Qizlar Ravshanni olib kelishgach, Zulxumor, avvalo,
uzuk ko‘zidagi yozuvni taqdirning bitigi deb bilganidan,
ikkinchidan, yigitning chin oshiq ekanini sezib, yoqtirib
qolganidan uni qabul qiladi. Bir necha kunni Ravshanbek
Zulxumor bilan shod-xurram o‘tkazdi. Ravshanga ko‘ngli
ketgan, lekin e’tiborini qozona olmagan hasadgo‘y Oqqiz
Zulxumorning Ravshan bilan yashayotganini onasiga ay-
tib beradi. Onasi bu gapni Qoraxonga yetkazadi. Ravshan-
ni bandi qiladilar. Podsho uni osishga buyuradi. Shunda
Shirvon kattalari: «Yigitni o‘ldirishga shoshmaslik kerak,
yosh, aqlli va botir yigit ekan, uni qirq kun zindonga tash-
lasak, so‘ng chiqarib dinimizga kirishini so‘rasak, ko‘nsa,
sizga kuyov qilsak, ko‘nmasa, osaverasiz», – deb maslahat
berishadi. Bu gap podshoga ma’qul kelib, Ravshan zindon-
ga tashlanadi. Zulxumor kanizlari bilan bir hovliga qama-
lib, besh yuz sarboz qorovul qo‘yiladi. Qiz Ravshan bilan
yashirincha maslahatlashib, uning ota-onasiga xat yozadi.
Zulxumoroyim o‘z qo‘li bilan bir xatni bitdi: «Hasan
mardning o‘g‘li, xon Dallining jon-u dili, oti bek Ravshan,
Shirvon mamlakatiga kelib bandi bo‘ldi. Qirq kun muhlat
qi lib, zindonga soldi. Shu qirq kunning o‘n to‘qqiz kuni
o‘tganda shu xat bo‘ldi, namozshomda bitildi. Tong otmay,
Chambilbelga to‘ramning eliga yetadi. …Ravshanning mu-
rabbiylari bo‘lsa, kelsa, ayirib olsa». Xatni mahkam qildi,
o‘rab berkitib, bir narsa zarar qilmasday, yomg‘ir bo‘lsa
148
o‘chmasday qildi. Shu xatni mayna qushning bo‘yniga
mahkam boylab, tushib qolmasday qilib, maynaga necha
bir so‘zlarni tayin qilib, mayna jonivor ham oqshom uch-
moqqa taraddud qilayotir.
Beklar minar bedov otning sarasin,
Yaxshi tulpor uzoq yo‘lga yarasin.
Qichay berdi jonvor mayna g‘ayratman,
Sahar vaqti oldi Chambil qorasin.
Uchmoqdan maynada armon qolmadi,
Biror yerda mayna damin olmadi.
Borib qo‘ndi bir hovlining ustiga
Har paridan chakillab ter tomadi.
Sahar vaqti xon Dalli yolg‘iz bolasi, ko‘zining oq-u
qorasi …Ravshan bolasini sog‘inib, dalaga chiqib bora
turib: «Boy Ravshan!» – dedi. Buni jonivor mayna eshitib,
shul ayol Ravshanbekning enasi ekanligini bilib, bir qaqir-
lab, qattiq sayradi. Buni xon Dalli eshitib, maynaga qarab,
bolasini so‘rab, bir so‘z deb tururi:
Sahar vaqti, mayna gulday jaynading,
Osoyishta tanda jonim qiynading,
Hayron qoldim dovushingdan, maynajon,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Sen bunday sayraysan, jonim olasan,
Meni endi har xayolga solasan,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Joningni achitib dovush qilasan.
…Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga,
Mayna yetdi talab qilgan eliga.
O‘tirgan joyidan uchib shu mayna
Kelib qo‘ndi xon Dallining qo‘liga.
Xon Dalli qarasa, qushning dodi bor,
Ko‘p uzoqdan qistagan holati bor.
149
Xon Dalli qo‘liga olib qarasa,
Maynaning bo‘ynida arza xati bor.
Dostları ilə paylaş: |