Mustaqil yechish uchun masalalar
4.6. Aktiv qarshiligi r=10 om va induktivligi L=70 mgn bo‘lgan g‘altak bilan, sig‘imi C=318 mkf da bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi Ut=220 V, chastotasi f=50 gs. Zanjirdagi tok, g‘altakdagi va kondensatordagi kuchlanish, shuningdek, aktiv, reaktiv va to‘la quvvat aniqlansin. Vektor diagrammasi qurilsin.
4.7. Parametrlari avvalgi masalada keltirilgan g‘altak va kondensator parallel biriktirilgan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi Ut=220 V, chastotasi f=50 gs. G‘altakdagi va kondensatordagi tok, shuningdek, tarmoqlanishgacha bo‘lgan tok va butun zanjirning quvvat koeffisienti aniqlansin. Mashtabda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qurilsin.
4
4.10 -rasm
.8. Chastotasi f=50gs va kuchlanishi U=220V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ferrorezonansli kuchlanish stabilizatori ulangan (4.10-rasm). Stabilizatorning parametrlari: aktiv qarshiligi r=200 om, induktivligi L=127mgn, sig‘imi C=0,845 mkf. Zanjirdagi tok va reaktiv qarshiliklardagi kuchlanishning tushuvi aniqlansin. Vektor diagrammasi qurilsin. Stabilizatorning ishlashi haqida xulosa bering.
4.9. 4.11-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri rezonansga moslangan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi U=220 V. Voltmetrning ko‘rsatishi aniqlansin.
4.10. 4.12-rasmda tasvir etilgan elektr zanjiridagi V1, V2, va V3 voltmetrlarning kursatishi quyidagilarga teng:
U1=120 V, U2=150 V, U3=150 V.
Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi aniqlansin.
4.11-rasm
4.12-rasm
4.11. Aktiv qarshiligi r=10 om va induktiv qarshiligi xL=50 om teng bo‘lgan g‘altak, chastotasi f=50 gs va kuchlanishi U=220 voltli o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulangan. Zanjirda kuchlanish rezonansi hosil bulishi uchun, g‘altak bilan ketma-ket ulash kerak bo‘lgan kondensatorning sig‘imi aniqlansin.
4.12. G‘altakning induktivligi L=15,9 mGn, aktiv qarshiligi R=0. kondensator sig‘imi C=637mkF, aktiv o‘tkazuvchanligi G=0. Agar g‘altak bilan kondensatorning har birida f=50 gs chastotada kuchlanish U=100V bo‘lsa, zanjirning shu elementlarining quvvatini aniqlang.
4.13. U=220V kuchlanishli va f=50Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga rezistor R1=5Om, induktiv g‘altak R2=3 Om, L=38mGn va kondensator C3=530mkF ketma-ket ulangan. Rezistor, induktiv g‘altak, kondensatorning va butun zanjirning aktiv, reaktiv va to‘la quvvatini aniqlang.
4.14. Chastotasi 1000 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga aktiv qarshilik va kondensator ketma-ket ulangan. Kondensator sig‘imini 2 mkF va aktiv qarshilikni 70 Ω deb hisoblab, zanjirning to‘la qarshiligini aniqlang.
4.15. Kuchlanishi U=220 V va chastotasi f=10000 Hz bo‘lgan tarmoqqa kondensator hamda aktiv qarshiligi R=264 Ω bo‘lgan rezistor ketma-ket ulangan. Zanjirda oqayotgan tok kuchi I=0,05 A bo‘lsa, kondensatorning sig‘imini hisoblang.
4.16. RC-elementlari ketma-ket ulangan zanjirda amplituda qiymati Im=1,41 A va chastotasi f=50 Hz bo‘lgan sinusoidal tok oqmoqda (4.13-rasm). Agar R=100 Ω va C=31,8 mkF bo‘lsa, butun zanjir, kondensator va aktiv qarshilikka tushgan kuchlanishning oniy qiymatlarini aniqlang.
4.17. Aktiv va sig‘im elementlari ketma-ket ulangan zanjirda chastota 800 Hz bo‘lganda 0,1 A, chastota 400 Hz bo‘lganda 0,08 A tok oqib o‘tdi. Har ikkala holda ham kuchlanish 20 V bo‘lsa, aktiv qarshilik va sig‘imni aniqlang.
4.13-rasm. Aktiv va sig‘im qarshiliklari ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri elektr sxemasi.
4.18. Aktiv qarshiligi R=30Ω va sig‘imi C=6 mkF bo‘lgan elementlar ketma-ket ulangan zanjirga kuchlanish berilgan. Tarmoq chastotasi f=400 Hz. Zanjirning to‘la qarshiligi hamda aktiv va sig‘im elementlaridagi kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati aniqlansin.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |