Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlari: Birlashtiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalarning hammasi chin bo‘lsa, faqat shundagina u chin bo‘ladi.
Oddiy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalardan hech bo‘lmaganda biri chin bo‘lsa (hammasi chin bo‘lsa ham) , u chin bo‘ladi.
Qatiy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalardan faqat bittasi chin bo‘lsa, u chin bo‘ladi.
SHartli mulohazaning asosi chin, natijasi xato bo‘lgan xolatdan boshqa hammasida u chin bo‘ladi.
Ekvivalent mulohazaning asosi va natijasi chin yoki xato bo‘lsa, shunda u chin bo‘ladi.
Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlarini bilish, fikrlarning chin yoki xatoligini aniqlash bilan birga, bu mulohazalar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarishga hamda xulosa chiqarishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlashga imkon beradi.