– 169 – Yigit: Kakang keldi deganda, kakang keldi, yor-yor.
Xo‘rozlarning ichida, dakang keldi, yor-yor.
Qiziq-qiziq o‘landan aytoxunqiz, yor-yor,
Taraf bo‘lib aytmoqqa akang keldi, yor-yor.
Qiz: Bulbullarning qo‘ngani gul bo‘ladi, yor-yor,
Olamdagi bor so‘zni, til biladi, yor-yor.
Taraf bo‘lib aytmoqqa kepsiz, aka, yor-yor,
Oxunliging bu yerda kim biladi, yor-yor
Qo‘shiqlarning asosiy qismi barmoq vaznidagi
to‘rtliklardan iborat bo‘lib aruz vaznidagi namunalar ham
uchraydi.
1
To‘rtliklar qo‘shiqning eng qadimiy namunasi
ekanligini mutaxassislar e’tirof etishadi. Qo‘shiqlarda bir
xil turoqlarga amal qilinishi qo‘shiqning ohangdorligini
ta’minlab, uning poetik xususiyatini kuchaytirishga xizmat
qiladi.
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12
Qalqon tuyog‘im hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12
Temir tuyog‘im hayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12
Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda. 7+5=12
(Yanchish qo‘shiqlari)
Takrorlar xalq qo‘shiqlari badiiyati tizimidagi muhim
unsurlardan biri hisoblanadi. Satr boshida, o‘rtasida yoki
oxirida kelishidan qat’iy nazar takrorlar qo‘shiqdagi ilgari
surilgan mazmunni ochib berishga xizmat qilish barobarida
ohang va kuyning yaxlitligini ta’minlab beradi.
1
Fuod Ko‘pruli qisqa hijoli, ya’ni to‘rtlik shaklidagi qo‘shiqlar uzun hijoli
qo‘shiqlarga nisbatan oldinroq paydo bo‘lganini va turk qo‘shiqlari asosan 5 dan
tortib to 15 hijoga qadar bo‘lishini aytadi. Fuad Kö
pr
ü
l
ü.
Edebiyat
araştı
rmalar
ı
. –
Istanbul
: Ö
t
ü
ken, 1989. – S.125.
– 170 – – 171 – Qo‘shiqlardagi naqarotlar esa an’anaviy naqarotlar va
noan’anaviy naqarotlarga bo‘linadi. An’anaviy naqarotlarda: