Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131
O\'zbek folklori P

– 162 –
– 163 –
Rus folklorshunosi D.M.Balashov xalq qo‘shiqlarini 1)
mavsum, 2) to‘y, 3) motam marosimi folklori namunasi 
sifatida o‘rgansa, V.Propp mavsum va oilaviy marosim deb 
ikki guruhga ajratadi.
1
Shu o‘rinda qo‘shiqlarni qaysi mezonlar asosida tasnif 
etish lozim, degan savolning qo‘yilishi tabiiy, albatta. 
Qo‘shiqlarning tasnifida eng, avvalo, bitta mezonga amal 
qilish lozim. Qo‘shiq janrining ichidagi tur va uzvlarning har 
biri o‘z spetsifik xususiyatlariga ega ekanligi tabiiy. Biroq bu 
xususiyatlar ularni tasnif etilishida yaxlit bir mezondan kelib 
yondoshishga monelik qila olmaydi. Shunday ekan qo‘shiqlar 
ijro o‘rni, holati, musiqaga munosabati va badiiyatidan kelib 
chiqib: 1) ijro o‘rni, 2) poetik strukturasi, 3) musiqiyligi va 
raqsga munosabatiga qarab tasnif etilishi lozim.
Ijro o‘rniga
qarab tasnif etilganda qo‘shiqlar: marosim 
va nomarosim qo‘shiqlariga ajraladi. O‘z navbatida marosim 
qo‘shiqlari ham ikki: mavsum marosim va oilaviy-maishiy 
marosimlar qo‘shiqlariga bo‘linadi. Mavsumiy marosim 
qo‘shiqlari mavzutik va funksional xususiyatlariga ko‘ra, 
yilning to‘rt mavsumi bilan bog‘liq (Navro‘z, Sust xotin, Choy 
momo, Obla baraka, Yasun-Yusun) bilan bog‘liq qo‘shiqlarni 
kiritish mumkin. 
Marosim qo‘shiqlari inson hayotining eng muhim davrlari, 
burilish nuqtalari: tug‘ilish, to‘y (balog‘at, uylanish), o‘lim 
va ularning tabiatga munosabati o‘z aksini topgan bo‘lib, 
maishiy, psixologik hamda estetik funksiya ham bajarib 
keladi. 
Ayrim mavsumiy marosim qo‘shiqlari davrlar o‘tishi 
bilan lirik qo‘shiqlarga aylangan holatlar mavjud. «Qoshingni 
1
Qarang: Балашов Д.М. О радовой и видовой систематизации фольклора 
// Русский фольклор. Том 17. – Ленинград: Наука, 1977. – С.23-33; Пропп В. 
Жанровой состав русского фольлора // Фольклор и дейстивительность. – 
Москва, 1976. – С.66-69.


– 163 –
qora deydilar», «Kichkinajon – kichkina», bolalarning 
«Boychechak», «Chuchvara qaynaydi», «Oftob chiqdi 
olamga» qo‘shiqlari ana shular jumlasidandir. Bu qo‘shiqlar 
dastlab faqat mavsum marosimida ijro etilgan. «Qoshingni 
qora deydilar», «Kichkinajon kichkina», «Boychechak» 
bevosita Navro‘z, ya’ni bahorgi marosim bilan bog‘liq. 
Oilaviy-maishiy marosim qo‘shiqlari safiga to‘y, 
farzandning tug‘ilishi, xatna to‘yi va nikoh to‘yi, motam-
marosimi bilan bog‘liq yig‘i-yo‘qlov, motam yor-yorlari 
va shomon aytimlari bilan bog‘liq kinna, badikni kiritish 
mumkin.
Nomarosim qo‘shiqlari esa, asosan, lirik qo‘shiqlardan 
tashkil topgan bo‘lib, marosim qo‘shiqlaridan farqlanib 
turadigan jihati ularning biror-bir marosim bilan maxsus 
bog‘lanmaganligi, istalgan paytda, istagan joyda aytilishidir. 
Bu yo‘nalishdagi qo‘shiqlar:
1. Mehnat qo‘shiqlari. 
2. Tarixiy qo‘shiqlar. 
3. Termalar.
4. Bolalar qo‘shiqlari: allalar, huyalar, bolalarning o‘zi 
tomonidan kuylanadigan qo‘shiqlar. 
5. Lirik qo‘shiqlar.
Mutaxassislar mehnat qo‘shiqlarini xalq lirikasining eng 
qadimiy janrlaridan biri sifatida bilishadi. Mehnat qo‘shiqlari 
ham qachonlardan maxsus marosimlar tarkibida ijro etilgan. 
Keyinchalik davrlar o‘tishi bilan marosim unutilib, faqat 
qo‘shiq matni qolgan. Misol uchun qo‘sh, o‘rim, oblo baraka, 
ho‘p mayda, yorg‘ichoq qo‘shiqlarini olaylik. Qadimda qo‘sh 
haydash ham, o‘rim ham, oblo baraka ham maxsus marosim 
sanalgan. 
Mehnat qo‘shiqlarining o‘zi ko‘plab: a) dehqonchilik 
bilan bog‘liq qo‘shiqlar (qo‘sh, oblo baraka, yorg‘ichoq 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin