Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131
O\'zbek folklori P

– 176 –
– 177 –
3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati.
Xalq 
og‘zaki ijodida qo‘shiq va doston o‘rtasida vujudga kelgan bir 
janr bor. Unda qo‘shiqdagi lirik ifoda, ayni paytda epik bayon 
qilish xususiyati uyg‘un namoyon bo‘ladi. Bunday asarlarga 
xalq terma deb nom bergan. So‘zning lug‘aviy ma’nosi 
ko‘pdan terib olingan, ajratib saralangan tushunchalarini 
beradi. O‘zbek folklorining yirik tadqiqotchisi, filologiya 
fanlari doktori, professor To‘ra Mirzayev termalar janriga 
shunday ta’rif beradi: «Pand-nasihat, odob-axloq, soz va 
so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, 
shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag‘ishlangan, 
baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, 
ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik, liro-epik 
she’rlarga terma deyiladi»
1
.
Ta’rifda diqqatni jalb qiluvchi bir nechta fikriy nuqtalar 
bor. Avvalo, termalar mavzu jihatdan, ko‘pincha, pedagogik 
ahamiyatni nazarda tutgan hayotiy lavhalar bayonidan iborat 
bo‘ladi. Ikkinchidan, ularda yozma mumtoz adabiyotdagi 
qasida vazifasi bajariladi. Ya’ni ayrim shaxslar, do‘mbira, 
ot yoki yana nimalargadir she’r-maqtovlar bag‘ishlanadi. 
Uchinchidan, termalar lirik parchalardan tashkil topishi 
mumkin. Demak, bunday termalarda ijrochining bosh 
maqsadi his, tuyg‘u, ichki kechinmalar ifodasiga qaratiladi. 
To‘rtinchidan, liro-epik she’rlardan iborat bo‘lganda, voqealar 
bayoni his-tuyg‘u vositasida aks etadi. Va, nihoyat, hajmi 10-
12 va 150-200 misra atrofida, ya’ni ijrochi baxshining xohishi 
bilan belgilanadi.
Filologiya fanlari doktori, professor Abiyr Musaqulov esa 
xalq termalarining estetik ahamiyatiga diqqat qilib shunday 
deydi: «Termalar o‘zbek folklori estetikasini o‘rganish uchun 
g‘oyat muhim manbadir. Go‘zallik va xunuklik, baxt va 
1
Mirzayev T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T.: O‘qituvchi, 1990. – B. 169.


– 177 –
baxtsizli
k haqidagi termalar fikrimizga dalil bo‘la oladi»
1

Mazkur mulohaza muallifi termalarning xalq ommasi orasidagi 
haqiqiy insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish quroli ekanini 
alohida ta’kidlamoqda. So‘z san’atining bosh vazifasi ham 
aynan insonga go‘zallik va xunuklik vositasida uning qalbiga 
yo‘l topish orqali ruhiy ta’sir o‘tkazishdir. Termalarning janr 
xususiyatlari ana shu tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi.
Professor Hodi Zarifov bergan ma’lumotlarga qaraganda, 
Jumanbulbul o‘g‘li Ergashni maktabdor O‘tamurodning qizi 
Ziynatoyga uylantirganlar. Ammo baxshi yashaydigan hudud 
an’anasiga ko‘ra kelin to‘ydan keyinoq kuyovnikiga kelmas 
ekan. Uning kuyovnikiga kelishi uchun yana bir to‘y o‘tkazish 
odati bor ekan. Afsuski, birinchi to‘ydan keyin Jumanbulbul 
vafot etadi. Ergashning esa keyingi to‘yga mablag‘i bo‘lmaydi. 
Otasidan qolgan arzimas bor-yo‘q narsalarni qarz evaziga 
olib ketishadi:
Bo‘lib-bo‘lib olib ketdi haqini, 
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo‘g‘ini, 
Zoti yo olismi, bizga yaqini, 
Bariga haq berib turgan kunlarim.
Ergash hayotida juda murakkab tanqis holat ro‘y beradi:
Xotin qoldi otasining uyida, 
Men bilmayman ne gaplar bor o‘yida, 
Ko‘p va’dalar bo‘lgan edi to‘yida
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.
Shunday qilib, vaqtida jonkuyar insonlar harakati bilan 
yozib olingan termalar yordamida baxshi hayotidagi o‘ta sirli 
va betakror hodisalar haqida ma’lumot olamiz. 
1
Musaqulov A. O‘zbek folklori ocherklari. I tom. – T.: Fan, 1988. – B. 269.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin