O‘qituvchining ish faoliyatida AKTni ahamiyati – o‘qituvchining AKTdan dars jarayoniga tayyorlanishida, internet imkoniyatidan foydalanib zarur ma’lumotlarni olishida, turli anjumanlarga tayyorlanishida u katta imkoniyat beradi. Bu o‘qituvchini darsga tayyorlanishi uchun ijodiy yondoshishga turtki bo‘ladi. O‘quv jarayonini ko‘rgazmali qilib tashkil etish bilan o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqishini oshirishga erishadi. Bu pirovard natijada, o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakani puxta o‘zlashtirishiga sabab bo‘ladi4.
Darsni ko‘rgazmali asosda, ya’ni taqdimot slaydlari yordamida, o‘tishi uchun o‘qituvchi darsni tashkil etish usulini mukammal bilishi bilan birga kompyuterda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlarni o‘z ish faoliyatiga qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi shart. Masalan, taqdimot slaydlar yaratish uchun Microsoft Office Word bilan birga Power Point dasturini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to‘g‘risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishiga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o‘ta ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Dostları ilə paylaş: |