Alisher Navoiy



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/6
tarix09.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#138675
  1   2   3   4   5   6
1489650312 65805

Mavzu : Muhammadsharif Gulxaniy va Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Muhammadsharif Gulxaniy

Yetmadi Majnung‘a men ko‘rgan balolardin biri, Hajr vodiysi aro chekkan jafolardin biri. Gulxaniy


Gulxaniy XVIII asrning oxiri, XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan o‘zbek mumtoz shoiri va yozuvchisidir. U XVIII asrning 70-yillarida tog‘lik Darvozda (Tojikistonda) kambag‘al oilada tug‘ilgan va badiiy ijod bilan shug‘ullanib, Qo‘qon adabiy muhitida e’tiborli o‘rin egallagan. Shoir ikki tilda (forsiy va turkiy), nazmda va nasrda ijod qilib, «Gulxaniy» va «Jurat» taxalluslarini qo‘llagan. Gulxaniydan bizgacha o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qasidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.

MUHAMMADSHARIF GULXANIY «ZARBULMASAL» ASARI

  • «Zarbulmasal» asarida muallif xalq og‘zaki ijodidan foydalanib. asosiy personajlar - qushlarning majoziy obrazlarini yarattan. Bunda Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining bir-biriga quda bo‘lishi, Ko‘rqunshing sovchilikka borishi va shu kabi voqealar tasvirlanadi. Yozuvchi asardagi Yapaloqqush, Boyo‘g‘li, Ko‘rqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranul, Malik Shohin, Kordon, Gunashbonu kabi obrazlar va ular aytgan masal, maqol xamda hikoyalar orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ocha olgan. Bu asarda Boyo‘g‘li qizi Gunashbonu uchun ming chordevor mahr (qalin) so‘raydi.

MUHAMMADSHARIF GULXANIY «ZARBULMASAL» ASARI

  • «Zarbulmasal» asari «Masal ichida masal» usulida yaratilgan bo‘lib, unda 400 dan ortiq maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta - kichik masal hamda hikoyapg mavjud. «Maymun va Najjor» masalida shoir har bir kasbni yaxshi egallamay gurib, unga tutshgash kishiga sharaf emas, balki dashnom, zarar keltirishini alohida uqtiradi va kaltabinlshs, nodonlik, shoshma-shosharlik ustidan kuladi.

Gulxaniy ijodi o`zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M.Qo`shjonov, M.Qo`shmoqov, A.Asrorov v.b. olimlar tomonidan o`rganilgan. Nashr qilingan asarlari: Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958; O`zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.

  • Gulxaniy ijodi o`zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M.Qo`shjonov, M.Qo`shmoqov, A.Asrorov v.b. olimlar tomonidan o`rganilgan. Nashr qilingan asarlari: Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958; O`zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin