Amaliy mashg‘ulot № 1
Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan
tanishish
Ishning maqsadi: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan
tanishish
Nazariy ma’lumotlar:
Operatsion tizimlar.- foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi;
kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini
boshqaradi va nazorat qiladi;
ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli
foydalanishni ta’minlaydi; boshqa dasturlarni
yuklaydi; tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.
Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‘p protsessorli, ko‘p masalali, grafik
interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS,
Power PC
platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya,
masofadan o‘rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan.
Fayl tizimi imkoniyatlari:
• Fayl tizimini tiklash;
• Katta hajmdagi
fayllarni ishlatish;
• Fayl himoyasi;
• Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.
Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud:
server uchun,
ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun.
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligida
aynan shu operatsion tizim
o‘rnatilgan.
Solaris. Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig‘li operatsion tizim.
Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda
uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan.
Hozirda IBM, Intel, Hewlett-ackard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqarnvchi kompaniyalar
o‘zining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi.
Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori.
Asosiy sabab unda keng
qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez o‘zlashtirish
imkonini beradi.
1-topshiriq:
1. Kompyuter ishga tushganda ekran nimalarga bo‘linadi?
2. Ish stoli va masalalar panelidan nima maqsadda foydalaniladi?
3. Belgi va yarliklar nima?
4. Dasturni ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz?
5. Dastur oynasini kattalashtirish va kichiklashtirish yo‘llarini aytib bering.
6. Dasturning ishini tugatish uchun nimalar qilish kerak?
7.
Pusk tugmasining biriktirlgan dasturlar ro‘yhati qismiga qanday qilib dasturni qo‘shish
mumkin?