turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, shakli va usullarini bayon etish;
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifining ahamiyati;
foydalaniladigan vositalar turi, miqdori va xizmat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan talablar;
zarur xodimlar miqdori va ularning professional tayyorgarlik darajasi;
xizmat va mahsulotlar yetkazishning kelishilgan ta’minoti;
kafolatlar;
zarur kelushuvlar (rekreatsion resurs egalari, sanitar epimidemiologik organlar va yong‘in nazorati, davlat avtoinspeksiyasi va h.k.).
Alohida turdagi turistlik xizmatlar loyihalashtirilishi qanday kechishini misol orqali ko‘rib chiqamiz. Masalan: «Chimyon tog‘lari» turistlik firmasiga Chimyon – Bildirsoy rekreatsion hududi bo‘ylab turistlik sayohat xizmatini loyihalashtirishga kirishildi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Firma tomonidan amalga oshiriladigan turni loyihalashtirish korxona imkoniyatlarining turistlar talabiga mos kelishini ko‘zda tutadi.
Xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish quyidagilarni aniqlashni o‘z ichiga oladi:
marshrutni aniqlash, ya’ni kilometrdagi masofa (5, 10, 20 km va hakozo) va qanday joydaligini (past – baland, tog‘li, suvli, o‘rmonli va x.k.);
turistlik korxonalar ro‘yxatini - xizmatlar ijro etuvchi (mehmonxonalar, transport tashkiloti, restoran, ekskursiya byurosi, ijara punkti);
har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan turni taqdim etish vaqti (ish vaqti, mavsum);
ekskusiya tarkibi va diqqatga sazovor ob’ektlar (ya’ni guruhning ixtisoslashuvi va ornitologik, tarixiy, ekologik, yo‘lda uchraydigan tabiiy va tarixiy joylar);
turistlik safar va sayohatlar ro‘yhati (muhitga to‘g‘ri keladigan yuklamani hisobga olgan holda mavsumda qancha sayohat uyushtirish mumkinligi);
bo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlar majmuasi(diskoteka, o‘yin zallari va boshqalar);
har bir marshrut punktida turish davomiyligi (ya’ni, turistlar necha soat/ kun dam olish joylarida to‘xtaydilar);
sayohatda qatnashayotgan turistlar soni (aniqlangan guruhlar hajmi);
marshrut ichidagi tashishlar uchun transport turlari (mashina, vertalyot, otlar, velosiped);
turizm bo‘yicha instruktor-metodist ekskursavotlar, gid- tarjimonlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga va ularni qo‘shimcha tayyorlashga bo‘lgan talab;
zarur miqdordagi tranport vositalari miqdori;
reklama, informatsion va kardografik materiallar shakllari va tayyorlanishi, turistlik putyovkadagi informatsion varaqalar uchun sayohat bayoni.