«Turizm asoslari» kursining maqsadlari qo‘yidagilardan iborat:
turizmning asl mohiyatini ochib berish;
turizmning taraqqiyot yo‘li, tajribasi, hozirgi kundagi muammolarini aniqlab olish;
turizmning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish;
O‘zbekiston va jahon turizm biznesining ildizlarini o‘rganish.
«Turizm asoslari» kursining vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
turizm va turist tushunchalarini ta’riflash, ularning ilk ko‘rinishlari, taraqqiyoti, shakllanishi haqida ilmiy va daliliy manbalar keltirish;
O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi Davlat siyosati haqida (me’yoriy hujjatlar asosida) ma’lumot berish;
jahon turizm tajribasining ilg‘or namunalari bilan tanishtirish;
turizm va turistning maqsadlarini aniqlab olish;
turizmning tashkiliy tuzilishi va asosiy kategoriyalarini aniqlash;
turistlik industriya va unga bo‘lgan talablarni o‘rganish;
turizm infratuzilmasi haqida ma’lumot berish;
turizm turlari va uning asosiy ko‘rinishlarini belgilab olish;
turistlik resurslarni tushuntirib berish;
turistlik tovarlar va mahsulotlar haqidagi bilimlarni egallash;
turizm marshrutlari, maxsus turizm marshrutlar haqidagi bilimlarni egallash;
turizmda litsenziya, sug‘urta va moliyaviy masalalar haqidagi tushunchalar berish.
Mazkur kurs «Turizmni rejalashtirish», «Xalqaro turizm», «Turistlik marshrutlarni tashkil etish», «Turizm iqtisodiyoti», «Ekskursiyalarni tashkil etish» kabi fanlar bilan uzviy aloqada hisoblanadi.
Kursni o‘zlashtirish jarayonida – o‘qitishda turistlik ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish; turizm xizmat bozori (Xalqaro Toshkent turizm yarmarkasi)da ishtirok etish; mehmonxonalar faoliyati, turistlik firmalar ishi, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi multimedia slaydlardan, buklet, marshrutlar haritalarini ishlab chiqish, internet aloqa tizimidan turli ma’lumotlar olish muhim ahamiyatga ega.
«Turizm asoslari» kursi «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish» va «Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)» ta’lim yo‘nalishlarining 2- bosqich bakalavrlari uchun mo‘ljallangan. O‘quv mashg‘ulotlari 1-semestrda, 62 soat ma’ruza va 64 soat amaliy mashg‘ulot hajmida olib boriladi. Unda xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr etilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalardan hamda jurnal va gazetalardagi maqolalardan, internet saytlaridan, turistlik firmalarning namunaviy marshrutlari, bukletlar va yo‘l ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |