Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Bo‘sh vaqtning mavjudligi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə139/168
tarix25.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#134631
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168
9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org

Bo‘sh vaqtning mavjudligi. Odamlar sayohatga nafaqat pullarini balki vaqtlarini ham sarflaydilar. Xatto eng yuqori daromadga ega bo‘lgan shaxs ham agar vaqti bo‘lmasa tur sayohatini amalga oshira olmaydi. Rivojlangan jamiyatda vaqtning yetishmasligi (xuddi daromadi yetishmasligi kabi) turizmni chegaralovchi asosiy omildir.
So‘nggi vaqlarda aholining bo‘sh vaqti hajmi oshdi bunga ish kunlarini haftasining qisqartirilishi, uzoqroq ta’til bayram kunlari, maktab ta’tillari, to‘liq ish kunining bo‘lmasligi, nafaqaga chiqish, nodavlat ishlarda band bo‘lishligi va ma’lumot darajasidagi o‘zgarishlar asosiy ta’sir etuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi.


Urbanizatsiya oqibatida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan va kichik aholi yashaydigan punktlardagi aholi soni qisqarmokda. Avval “sayohat qilmaganlar”ning bir qismini tashkil etgan aynan shu ijtimoiy aholi turizm xizmat bozoriga yangi segment sifatida kirib kelmoqda.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistlik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‘lsa, dam oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitda O‘zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistlik sohani qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistlik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi.

Tayanch iboralar: Turistlik xizmat bozori, turistlik xizmat bozorini rejalashtirish, turizmning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, segmentatsiya, turistlik xizmat bozori kon’yunkturasi, turistlik mahsulotlar va xizmatlar bozori, turistlik xizmat bozoridagi marketing strategiyasi, , infrastruktura, O‘zbekistondagi turistlik xizmat bozori.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin