To‘rtkatakli «mahsulot-bozor» matritsasi.
Mahsulot Bozor
|
An’anaviy mahsulot
|
Yangi mahsulotlar
|
O‘zlashtirilgan bozorlar
|
1. Bozorning chuqurroq
o‘zlashtirilishi.
|
3. Yangi mahsulot ishlab chiqish.
|
Yangi bozorlar.
|
2. Bozor chegaralarining
kengayishi
|
4.Diversifikatsiya.
|
Boston konsalting guruhi (BKG) matritsasi
BKG matritsasi korxonaga uning har bir mahsulotlarini asosiy raqobatchilarga nisbatan bozordagi uning ulushi va sotishning o‘sish sur’ati bo‘yicha guruhlashga imkon beradi. Matritsada boshlang‘ich strategik holati o‘xshash bo‘lgan mahsulotlar bir xil to‘plamga biriktiriladi. “Sotish hajmini o‘sishi – bozorning nisbiy ulushi” koordinatalar tizimida mahsulotning o‘rni aniqlangandan so‘ng ularning har biri uchun marketing strategiyasini tanlash zurur. Marketing amaliyotida uchta asosiy strategiya turi mavjud.
Hujumga o‘tish strategiyasi bozorda firmaning faol, agressiv pozitsiyasini ko‘zda tutadi va o‘z oldiga bozordagi ulushini qozonish hamda kengaytirishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur strategiyadan foydalanish quyidagi holatlarda maqsadga muvofiqdir:
Agar bozor ulushi zarur bo‘lgan minimumdan past bo‘lsa yoki raqobatchilarning keskin harakatlari natijasida bozor ulushi tubdan qisqartirilsa va yetarli bo‘lgan darajani ta’minlamasa;
Bozorga yangi mahsulot joriy qilinsa;
Raqib-firmalar o‘z pozitsiyasini yo‘qotsa va kamgina harajatlar bilan bozor ulushini saqlab qolishni va bozordagi o‘z o‘rnini saqlab qolishni ko‘zda tutsa.
Firma o‘zining tutgan pozitsiyasidan qoniqmasa;
Hujumga o‘tish strategiyasini amalga oshirish uchun mablag‘lar yetishmasa;
Agar raqib tomonning kuchli javob tadbirlari sababli hujumga o‘tish imkoni bo‘lmasa.
Ko‘p hollarda bunday strategiya yirik firmalardan ular uchun notanish bo‘lgan bozorlarda qo‘llaniladi. Biroq, bu uni amalga oshiruvchi tomonni raqib-firmalar harakatiga diqqat e’tiborni qaratishni talab etadi.
Chekinish strategiyasi qoidaga ko‘ra, tanlov asosida emas, balki majburiy hisoblanib, bozordan ketishni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |