AMALIY MASHGʻULOTLAR 1-AMALIY MASHGʻULOT: Oʻrta Osiyo allomalarining geografiya oʻqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissalari (Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Farobiy) REJA: 1. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniyning geografiya fani rivojiga qoʻshgan hissasi.
2. A.Fargʻoniy, Abu Ali ibn Sino, Farobiyning geografiya fani rivojiga qoʻshgan hissasi.
Adabiyotlar: 1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018.
2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005.
3. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet.
4. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet..
5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. -Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet.
Geografiya fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining ham xizmatlari katta. Markaziy Osiyoda yashab oʻz asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga katta hissa qoʻshgan olimlarning ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiiyot tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Rayhon Beruniy 973-yilda Xorazmning Qiyot (hozirgi Beruniy) tumanida tugʻilgan. Beruniyning bizga 152 ta kitobi ma’lum boʻlib, ulardan faqat 27 tasigina bizgacha yetib kelgan. Beruniyning oʻsha davrda yaratgan buyuk kashfiyotlaridan biri Yerning shar shaklida ekanligini koʻrsatish uchun Globus ixtiro etganligidir.Beruniy asarlariga tabiatga oid juda koʻp ma’lumotlar kiritilgan. Masalan, Oʻrta Osiyo, Hindiston, Afgʻonistondagi qazilma boyliklar (dorivor oʻsimliklar, hayvonlar), ularning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari “Minerologiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya” kabi asarlarida keng yoritilgan.“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Eron shimolida keng tarqalgan tropik oʻsimliklar va hayvonot olamini ta’riflaydi. Beruniyning “Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (Tabiatda dorishunoslik) asari 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonalarning biridan topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyohlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.Beruniyning tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning koʻpayishiga, daraxtning oʻsishiga oʻrin qolmaydi, deb ta’kidlagan edi. Beruniyning “Tabiatda dorishunoslik” asarida dorivor oʻsimliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy oʻz asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan.