1.5-rasm. Tuzilgan dastur natijasi
Birinchi dasturni qadamma-qadam tahlil qilib chiqamiz:
/*
Bu C# da yozilgan oddiy dastur.
Dastur kodini o‘z chiga oluvchi Misol.cs fayli
*/
Bu satrlarda ko‘psatrli izoh keltirilgan. C# dasturlash tilida ham boshqa dasturlash tillari kabi dastur kodi orasiga izoh kiritish imkoniyati mavjud. Izoh kiritishning C# da 3 ta turi mavjud bo‘lib, /* va */ belgilari orasiga ko‘p satrli izohlar kiritiladi, // belgidan keyin esa bir satrli izoh keltiriladi, 3-tur izoh kiritish xml teglari yordamida bajariladi.
Dasturning keyingi satrida
using System;
keltirilgan. Bu tuzilgan dastur System nomlar fazosidan foydalanilgan ekanligini anglatadi.
Keyingi satrni qaraymiz
class Misol {
bu yerda class kalit so‘zi yangi sinf(klass) ochilayotganligini bildiradi. Klasslar ({) ochish figurali qavs bilan ochilib (}) yopish figurali qavs bilan yopiladi. Misol klass nomi sifatida berilgan.
// C# dasturi Main() metodini chaqirish bilan boshlaydi
Bu satrda 2-tur bir satrli izoh yozilgan.
public static void Main() {
C#da qism dasturlar usul(metod) deb yuritiladi. Xamma C# dasturlari Main() metodini chaqirish bilan ishlashni boshlaydi. Keltirilgan satrdagi public kalit so‘zi modifikator bo‘lib, modifikatorlar shu klass a’zosiga qanday tartibda murojat qilish turini aniqlaydi. Masalan public yozilsa ushbu klass a’zosiga boshqa klasslardan turib murojat qilish ochiq, agarda private yozilsa yopiq ekanligini bildiradi. Metodlar ham ({) ochish figurali qavs bilan ochilib (}) yopish figurali qavs bilan yopiladi
Console.WriteLine("Bu C# da yozilgan oddiy dastur");
Bu operator bajarilganda "Bu C# da yozilgan oddiy dastur" yozuvni chiqaradi va yangi satrga o‘tadi. Yozuvni chiqarishni WriteLine() metodi bajaradi, bu yerda Console shu metod tegishli bo‘lgan klass nomi. Klassning metodlariga murojat qilish (.) nuqta amali bilan bajariladi.
Shunday qaraydi demak shart true bolsa chap tarafga false bo’lsa o’ng tarafga qarab ketadi. Bu yerda algoritm tarmoqlanayapti shundaymi. Yuqorida siz fikrlagan dastur natijasida Console oynaga “yoqib yuborish” kerak degan yozuv chiqadi yana bir qarang va fikrlab ko’ring. Hullas If kalit so’zidan keyin kelgan shart true bo’lsa if ning ichidagi jingalak qavslar ichidagi kod bajariladi, false bo’lsa else ning ichidagi jingalak qavslar ichidagi kod bajariladi
Dostları ilə paylaş: |