Amerika qo’shma shtatlari


Braziliya Federativ Respublikasi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/3
tarix08.11.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#131299
1   2   3
aqsh

Braziliya Federativ Respublikasi.

Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga (8557 ming km2 ) ko`ra ham, aholisining soniga (187 mln 2006 y) ko`ra ham dunyoda 5- o`rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy Amerika materigi maydonining 47 % ini o`z ichiga olgan bo`lib, quruqlik orqali materikning 10 davlati bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o`rnining qulayligi:



  • dengiz bo`yida joylashganligi;

  • Janubiy Amerikaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi (Ekvador, Chilidan tashqari.)

  • AQSH ga yaqinligi, Venesuella va Argentina bilan chegaradoshligi.

Braziliya hududida 50 dan ortiq mineral resurslar uchraydi. Ulardan masalan; temir rudasi qazib olish bo`yicha dunyoda 1-o`rinda (yiliga 160 mln t.). Marganes qazib olishda 5-o`rinda
Xrom qazib olishda 8- o`rinda
Boksit qazib olishda 5- o`rinda turadi. Ulardan tashqari uran, qalayi, nikel, olmos kabilarni qazib olishda dunyoda yuqori o`rinlarda turadi.
Mamlakat xududi ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqlimi sernam bo`lganligi uchun mamlakatda o`rmonlar (selva, kampos, kaatinga) katta maydonlarni egallagan. Amazoniya o`rmonlarida 25 000 dan ortiq o`simlik turi uchraydi, shundan 4000 turi daraxtlardir. Bu o`rmonlar hayvonot dunyosiga ham boy. Braziliya hududining 2/3 qismini o`rmonlar egallagan. Mamlakat jahonda suv resurslari, agroiqlim resurslari bilan ta`minlanganlik darajasiga ko`ra dunyoda oldingi o`rinlarda turadi. Bularning hammasi Braziliyani ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko`rsatib turadi.
Aholisi. Mamlakat aholisi demografik portlashda. Aholisi 176,5 mln (2003y), 187 mln (2006 y) kishi. Tug`ilish koeffisienti 20 ‰, o`lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo`lganlar jami aholining 30 % ini, 64 yoshdan o`tganlar 6 % ini tashkil etadi. O`rtacha umr 65-73 yosh. 1 ayolga 2,2 bola to`g`ri keladi. YAMD 7070 $ (2001y). Aholisining o`rtacha zichligi 1 km2 ga 21 kishi. Aholisining 90% i mamlakat hududining 2/5 qismida yashaydi, ya`ni mamlakatning janubi-sharqida okean sohillarida yashaydi. Mamlakatning ichki, g`arbiy rayonlarida (Amazoniyada) butun aholining 5 % i yashaydi. Aholining bunday notekis joylashganligiga avvalo tarixiy va iqtisodiy sabablar ta`sir etgan. Aholi Braziliyada yiliga 1,7 % ga o`smoqda. Aholisining etnik tarkibi (80 dan ortiq millat va elat) juda murakkab. Yevropaliklarning ajdodlari (portugal, ispan, italyan, nemis) mamlakat aholisining 55 % ini, oraliq emigrant guruhlar (metis, mulat, sambo) 38 % ini, negrlar esa 6 % ini tashkil etadi. Tub joy aholisi Amazoniyada, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko`p tarqalgan.
Braziliyani 1500-1501 yillar portugal sayyohi Pedru Kobral kashf etgan. O`sha davrdan boshlab Braziliyaga evropaliklar ko`chib kela boshlagan.
Urbanizasiya darajasi 80 %. Millioner shaharlari 11 ta: San-Paulu (9,4 mln kishi), Rio-de-Janeyro (5,5 mln kishi), Salvador, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Algeri, Brazilia, Kuritiba, Belen, Manaus, Fortaleza. Agar shahar aglomerasiyalarini qo`shib hisoblasak, San-Pauluda 26 mln, Rio-de- Janeyroda 19 mln ikshi. Aholisining 89 %i katolik, qolganlari: iuda, protestant. Davlat tili portugal tili.
Braziliya federativ respublika bo`lib, u 26 shtat va 1 ta poytaxt federal okrugidan tashkil topgan.
Qonun chiqaruvchi organi – Milliy Kongress.
Asosiy siyosiy partiyalari : 1.Sosial – Demokratlar partiyasi
2. Demokratik harakatdagi partiya
3. Mehnatkashlar partiyasi
4. Liberal front partiyasi
5. Milliy tiklanish partiyasi.
Braziliya 1500-yildan XIX asrgacha Portugaliya mustamlakasi bo`lib kelgan. 1888- yil qullik bekor qilingan. 1891-yil Braziliya qo`shma shtatlari tashkil topdi. Braziliya ADT (OAG) BMT, LAIX, LAES va Amazoniya paktiga a`zo.
Sanoati . braziliya sanoati ishlab chiqarish xajmiga ko`ra dunyoda 1-o`nlik mamlakatlari qatoriga kiradi. U rivojlanayotgan mamlakatlarning eng etakchisi, peshqadami, nihoyat tayanchidir.
Braziliya industrial- agrar mamlakatdir. Eng rivojlangan sanoat tarmoqlari: avtomobilsozlik (yiliga 1 mln avto ishlab chiqaradi); samolyotsozlik (“Embraer”dunyo bo`yicha 17% 3-o`rin); EHM, mikro va mini kompyuterlar (dunyoda AQSH, Yaponiya va Germaniyadan keyin 4- o`rinda);
Qora metallurgiya (yiliga 26 mln t. dunyo bo`yicha 7- o`rin);
Ximiya sanoati (yiliga 30 mln t. neft qazib oladi, chetdan 100 mln t. keltiradi.); kemasozlik, aerokosmika, o`rmon, engil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlaridan: kofe sanoati, qand-shakar sanoati, konditer, sitrus, kakao, soya yog`i olish, tamaki sanoati kabilar.
Braziliyada yirik harbiy sanoat barpo etilgan. Hozirda fantalab sanoat tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Dunyodagi eng yirik GES lar (Chitayku, Tukurui, Ksinda) shu mamlakatda qurilgan.
Braziliyada qishloq xo`jaligi yuksak rivojlangan bo`lib, qishloq xo`jalik mahsulotlarini eksport qilish xajmi bo`yicha u dunyoda 3- o`rinni egallaydi. Braziliya dunyoda shakarqamish etishtirish bo`yicha (yiliga 250 mln t.), kofe etishtirish bo`yicha, banan etishtirish bo`yicha 1-o`rinda, soya va apelsin etishtirish bo`yicha AQSH dan keyin 2- o`rinda turadi. Paxta tolasi etishtirish bo`yicha Braziliya dunyoda 6- o`rinda (yiliga 800 ming t.) turadi. Sholi etishtirish bo`yicha esa butun Amerika qit`asida 1- o`rinda (yiliga 10 mln t.) turadi. Braziliyada chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Mamlakatda 125 mln qoramol, 32 mln cho`chqa, 28 mln qo`y va echkilar bor. Mamlakatdagi qishloq xo`jaligi erlarining 80% i latifundistlar qo`lida.
Braziliyada aholi va xo`jalikning joylashuvida okean bo`yi tipi yaqqol ko`zga tashlanadi. Eni 300-350 km li okean bo`yi mintaqasida, ya`ni tashqi Braziliyada butun mamlakat ishlab chiqarishi va aholisining 90% i to`plangan. Mamlakatning sanoat uchburchagi hisoblangan San-Paulu , Rio- de- Janeyro va Belu-Orizonti shaharlari tashqi Braziliyada joylashgan.
San-Paulu shahri Braziliyaning iqtisodiy poytaxti bo`lib, Lotin Amerikasining qolaversa, butun Janubiy yarim sharning bosh sanoat rayonidir. “Osmono`par binolar” ko`pligi uchun uni “Lotin Amerikasining Nyu -Yorki” deb atashadi. San-Paulu XIX asrning o`rtalarigacha kichkina viloyat markazi bo`lgan, so`ngra Yevropa va Yaponiyaliklarning ommaviy ko`chib kelishi natijasida shahar juda tez o`sdi.
Rio-de-Janeyro mamlakatning eng yirik port, bankir va turizm shaharidir. U 1960-yilgacha mamlakat poytaxti bo`lib kelgan. Shaharda Isus Xristosning 40 metrli haykali va dunyodagi eng katta “Mrakana” futbol stadioni joylashgan. XX asrning 2-yarmidan boshlab Braziliyada Amazoniyani o`zlashtirishga qaratilgan regional siyosat yuritilinmoqda. Mazkur siyosat bo`yicha mamlakat poytaxti Rio-de –Janeyrodan Braziliaga ko`chirildi va Transamazoniya avtomobil yo`li (5,5 ming km) qurilib ishga tushirildi.
Transporti. Asosiy transporti avtotransport bo`lib, mamlakatda avtoyo`llarning umumiy uzunligi 1,3 mln km ga teng. Temir yo`llarining umumiy uzunligi 30 ming km. Dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Eng yirik dengie portlari: Rio-de- Janeyro, Santus, Itaki, ular universal portlar. Eng yirik ruda eksport qiluvchi porti – Tubaran. Bulardan tashqari: Forta- Leza, Salvador, Port – Alegri kabilar mavjud.
Asosiy eksporti: po`lat, temir, alyuminiy, qalayi, transport jihozlari, kofe, soya, apelsin, shakar, tamaki, teri, go`sht, to`qimachilik buyumlari.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, neft, ko`mir, mineral o`g`itlar, bug`doy, oziq-ovqat, ximiya sanoati mahsulotlari.
Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari, EI (ES), Osiyo davlatlari. Pul birligi – real.

Foydalanilgan adabiyotlar





Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin