I.M. Sechenovning 1863 yili yozgan "Bosh miya reflekslari" kitobida oliy materiyadan tuzilgan miyaning vazifalarini materialistik nazariyalar asosida tushuntirib, organizm uzini o’rab turgan tashki muhitsiz yashay olmasligini isbotladi.
I.P. Pavlov (1849-1936) ulug’ rus fiziologi. U odam markaziy nerv sistemasi fiziologiya-sini o’rganishga salmog’li hissa qo’shgan anatom xamdir. I.P. Pavlov bosh miya pustlogi va unda joylashgan markazlar tug’risidagi tushunchani takomillashtirdi. Jumladan, miya yarim sharlari-ning hamma qismlari (harakat sohalari ham) sezgi impulslarini qabul qiluvchi markazlar ekanligini isbotladi va ularni analizator deb atadi. U birinchi bo’lib ikkita signal sistemasi tug’risida, shartli reflekslar va oliy nerv sistemasining faoliyati turg’isidagi materialistik nazariyani ilgari surib, tugallangan ta'limot yaratdi.
P.F. Lesgaft(1837-1909) sportchilarda a'zolarning tuzilishini o’rgandi. U organizmning rivojlanishi va tuzilishiga tashki muhit, jismoniy mashg’ulotlar ta'sirini o’rganib, "Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning badan tarbiyasiga doir qo’llanma" (1888-1901), "Anatomiya nazariyasi asoslari" (1892) asarlarini nashr etdi. Bunda jismoniy mehnat bilan aqliy faoliyatning o’zviy birligini aniqladi.