Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə32/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Hozirgi sharoitga ko‘ra o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat nimalarda o‘lchanadi?

  2. Innovatsion faoliyatning asosiy funksiyalari qaysilar?

  3. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida qanday yondashuvlarni belgilash mumkin.

  4. Pedagogik yangilik nima?

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. O.G. Xomeriki Sistemnoe upravlenie innovatsionnim protsessom v obsheobrazavatelnoy shkole: diss. …kand.ped.nauk.-M.,1996.- s.32
3.Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
4. Hasanboyev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. - T., 2009.
5. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
6. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
7. R.Mavliyanova, N.Raxmanqulova “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi”.T.,2013
15- mavzu: Pedagogika kollejlari ichki boshqaruvida pedagog kadrlarni innovatsion salohiyatining boshqarilishi
Pedagogika kolleji faoliyatini rejalashtirishni oʻrganishning asosiy vazifalari
Taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va rejalashtirishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Bu oʻz navbatida strategik boshqaruvning zaruriyatini belgilab beradi.
Strategiya [strategos] grekcha soʻz bulib, oʻzbek tilida “general sanʼati” degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ham mazkur atama urush olib borish sanʼati, ijtimoiy-siyosiy koʻrashga rahbarlik qilish sanʼati va ilmi maʼnolarida talqin etilgan. Strategiya soʻzi bugungi kunda biron-bir faoliyatga rahbarlik qilish, korxona yoki muassasalar faoliyatini boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, faoliyatni oldindan rejalashtirish, bajariladigan vazifalarning yoʻnalishini aniqlash, shuningdek, maqsadga erishishda natijalarni oldindan aniqlash va nazorat qilish yoʻnalishlarida keng qoʻllanilmoqda. Mazkur soʻzdan strategik reja, strategik rejalashtirish, boshqaruv strategiyasi, strategik boshqaruv kabi tushunchalar kelib chikkan boʻlib, bu tushunchalarning har biri oʻzining mazmun-mohiyatiga koʻra taʼlim muassasalarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Strategik reja - bu muassasada taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim-tarbiya jarayonida koʻzlangan maqsadlarga erishish – kollej taʼlim tizimi yoʻnalishida uzoq (besh, oʻn yil va undan koʻproq muddatlarii oʻz ichiga oladi) muddatlarga moʻljallangan vazifalarni oʻz ichiga olgan dastur (istiqbol reja) boʻlib, u taʼlim muassasasining hamda rahbar-xodimlarning yillik va joriy rejalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin