CRYPTOPHYCEAE SINFI SUV O\'TLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI
Croptomonas hujayrasining tuzilishi. Xromatoforalarning lamellasi boshqa suvo‘tlardan keskin farq qi-ladi. U asosan, ikkita bir-biriga zich tutashgan tilakoidlardan iborat bo‘lib, belbog‘li tilakoidlar uchra-maydi. Assimilyatsiya mahsuloti sifa-tida hujayrada kraxmal, yog‘, xrizo-lamirin to‘planadi. Hujayrada bitta yadro bo‘ladi. Plastidlar ichida ko‘zcha joylashadi. Edjektosomdeb ataladigan sanchuvchi tukch'alar bo‘la-di. Har qaysi edjektosomlari zich o‘ralgan lentaga o‘xshab tuzilgan bo‘-lib, kamera ichida o‘rnashadi. Hujay-ra bezovta qilingan vaqtda kamera ochilib, ichidagi edjektosomaking burovi yozilib, pora orqali otilib chiqadi. Kichik edjektosomalar hu-> jayra periplasti ustida, yirikrog‘i bo‘g‘izda joylashadi.
Kriptosimonlar hujayraning od-diy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Eng ko‘p tarqalgan vakili krip-tomonas (Cryptornonas, dir.)
Bu sinfga hujayra yadrosi oddiy mezokariotik tuzilishga ega bo‘lgan suvo‘tlar kiradi. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan yadro xromosomi tarkibida giston moddasi uchraydi. Bundan tashk.ari mitoz vaqtida xromosom iplari bo‘shroq differen-siyalangan bo‘lib, uzunasiga cho‘ziladi va markazga to‘planadi, doimo introfazada saqlanib qoladi. Ko‘pchilik vakillari monad shaklda bo‘lib, ba’zilari murakkab tuzilishga ega. Mu-rakkab tuzilishga ega bo‘lgan vakillarida zoospora xar'akat qilish xususiyatini saqlab qolgan.
Hulteka deb ataladigan qalqon bilan qoplangan. Uning tarkibi juda murakkab bo‘lib, oqsnl, galaktoza, arabinoza vagalaktur kislota bo‘ladi. Tekaning asosiy qismi to‘zg‘igan pufakchalar membranasidan iborat bo‘lib, uning mustahkamligini va egi-luvchanligini ta’minlaydi. Ba’zi turlarda pufakchalar osti-da qo‘shimcha po‘kak, boshqa turlarida har qaysi pufakchada bittadan plastinka hosil bo‘ladi. Ular ma’lum bir tartibda joylashib, qirralari bilan o‘sadi va mustahkam sovutni ho-sil qiladi. Ularning o‘sib tutashgan joyida tugunchalar, plastinka ustida esa har xil past-balandlik hosil bo‘ladi. Tekada poralar bo‘lib, hujayra protoplasti tashqi muhit bilan ana shu poralar orqali bog‘lanadi (170-rasm, A).
Sitoplazmada bitta yirik yadro bo‘ladi, u kattaligi va tashqi ko‘rinishi bilan xarakterlanadi. Xromatoforalari turli xil shakl va rangda bo‘lib, uch qavat pust bilan o‘ralgan. Tilakoidlari ikkitadan va uchtadan zich bo‘lib joylashgan. Hujayrada kraxmal, xrizolaminarin, ba’zan glikogen va boshqa moddalar zapas xrlda to‘planadi.
Bu guruh suvo‘tlarda puzul deb ataladigan o‘ziga xos organoid bo‘lib, u vakuolaga o‘xshaydi va ingichka kanal orqali vakuola sistemasi bilan bog‘lanadi. Ular odatda xivchinlar chiqadigan joyda o‘rnashadi. Puzulning hujayradagi o‘rni aniqlanmagan. Ko‘pchilik vakillarida stigma yoki ko‘zcha bo‘lib, u murakkab tuzilishga ega. Ko‘zcha hujayraning old qismida, xivchinga yaqin joyda xromatofordan ajralgan holda joylashadi.