III.Yangi mavzu bayoni: Bu mavzu undalmaning o‘rni va unda ishlatiladigan tinish belgilari haqidagi nazariy ma'lumotlar bilan shaklan bir xil. Shu bois, undalmaning
gapdagi o‘rni va tinish belgilari haqidagi ma'lumotlarni olish kerak. Bu faqat sinov uchungina bo‘lmay, balki mazkur ikki hodisaning o‘xshash va farqli tomonlarini anglatish uchun ham zarurdir. Kiritmalar gapning turli o’rinlarida qo’llanila oladi.Yozuvda gap boshida kelganda kirish so’zdan keyin,o’rtasida kelganda kirish so’zning har ikki tomonidan ,gap oxirida kelganda esa kirish so’zdan oldin vergul bilan yoziladi. Quyidagi jadval o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi.
O‘xshash tomonlari
Farqli tomonlari
1.Gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi. 2.Gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. 3.Boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmaydi.
Undalma so‘zlovchining fikri qaratilgan narsa, shaxsni, kirish so‘z esa so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini bildiradi.
Guruhlar savollarga javob beradilar. 1.Undalmaning ostiga qanday chiziladi?Kirish so`zlarning ostiga-chi?
2. Kiritma gaplarda tinish belgilari qanday qo`yiladi ?
3. Kiritma gapning qaysi o`rinlarida kelishi mumkin ?
4.Undalma deb nimaga aytiladi?
1-guruh.Undalma gapning boshida kelishiga gap tuzadi.Namuna:O’quvchilar , darsga kechikmasdan keling.