STARS
International University
249
Annotatsiya:
Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayo-
ti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rgan-
ish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi
hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchiningbilim, ko‘nikma va malakalarinipsixologik
jihatdan o‘quvchilarga o‘rgatish muhimligi yoritilgan.
Kalit so‘zlari:
individ, stixiyali, ishtiyoq, internet, reflektor,stimullar.
Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan
bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.
O‘quv faoliyatibu shundayfaoliyatki,unda shaxsning psixik
jarayonlarishakl lanadi
varivojlanadi,uningasosidayangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning
butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Uni rivojlanish bi-
lan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz.
Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini
kiritish mumkin
emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq
emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq
emas, deb ham bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojla-
nishning qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo
ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga tayanadi. Masalan,
bolaga bosh
miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib
bo‘lmaydi. Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish orga-
nizmning yetilishiga ham, ma’lum ma’noda, ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud. Ulardan birinchisi markaziy nerv siste-
masi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.
Bu –
imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rgan-
ishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan
ergashib yura boshlaydi. Chaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov
davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar
deb atalgan, ularni
ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.
O‘rganishning ikkinchi turi -
shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha
ham tad-
qiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral