Annotatsiya: Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayo



Yüklə 133,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.04.2023
ölçüsü133,55 Kb.
#125788
  1   2   3   4


STARS International University
249
Annotatsiya:
 Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayo-
ti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rgan-
ish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi 
hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchiningbilim, ko‘nikma va malakalarinipsixologik 
jihatdan o‘quvchilarga o‘rgatish muhimligi yoritilgan.
Kalit so‘zlari:
 individ, stixiyali, ishtiyoq, internet, reflektor,stimullar.
Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan 
bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir. 
O‘quv faoliyatibu shundayfaoliyatki,unda shaxsning psixik jarayonlarishakl lanadi
varivojlanadi,uningasosidayangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning 
butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Uni rivojlanish bi-
lan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. 
Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin 
emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq 
emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq 
emas, deb ham bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojla-
nishning qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo 
ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh 
miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib 
bo‘lmaydi. Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish orga-
nizmning yetilishiga ham, ma’lum ma’noda, ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud. Ulardan birinchisi markaziy nerv siste-
masi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud. 
Bu – imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rgan-
ishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan 
ergashib yura boshlaydi. Chaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov
davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni
ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.
O‘rganishning ikkinchi turi - shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha ham tad-
qiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral

Yüklə 133,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin