Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi
innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
250
qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga
kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan
stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimiz-
ga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.[1.s.68]
O‘rganishning
uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim,
ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ
duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli
reaksiyalarni vujudga
keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘ra-
di va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga
olib kelgan reaksiya vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini
ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu
sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.
Ikkinchi
verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.
Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan
boshqa odamlarga bilim, ko‘nik-
ma va malakalarni uzatishi mumkin.
O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.
Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jaray-
ondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy
qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan tashkiliy
jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning
bir tomoni hisobla-
nadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir. O‘rganish har qanday faoliyatning
natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati
bilan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psix-
ologik
taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv in-
dividning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, “o‘rganish” tushun-
chasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlar-
ni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni
misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish –
har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish
esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi
yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli yosh davrlarida namoyon
bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant tur-
lariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nik-
malarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan
qobiliyat sifatida bolada
4-5 yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi
sinflarida 7-8 yosh atrofida vujudga keladi.[2.s.57]
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni,
xulq-atvorning shakllari-
ni o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat
qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
Dostları ilə paylaş: