31
ayirboshlash jarayoni. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi - almashuv mavzui
bo’lgan axborotni tuShinishini ta’minlash. Ammo axborot almashuvini o’zi axborot
almashuvida ishtirok etaYotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat
bermaydi.
Axborot almashish jarayonida to’rtta asosiy element ishtirok etadi:
jo’natuvchi, xabar (axborotni o’zi), kanal-axborotni uzatuvchi vosita va oluvchi.
Axborot almashuvi chog’ida ikki tomon (sotuvchi va xaridor) muhim rol uynaydi.
Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu fakat axborot almashuvini boshlanishi. Axborot
almashuvi samarali bo’lishi uchun, xaridor tovarni Shu narxga xarid qilishga rozi
ekanligini sotuvchiga xabar kilishi lozim.
Agar bir tomon axborotni taqdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul
qilgan holda axborot almashuvi sodir bo’ladi. Shuning uchun aloqa qilish jarayoniga
diqqat bilan e’tibor berish kerak.
Aloqa kilish texnikasi turli-tumandir. Biznesning aloqa kilish texnikasining
turli xillaridan biri - kompyuterlashtirishdir. Kompyuterlashtirishning ahamiyati
bozor munosabatlariga o’tish, ishbilarmonlarni jahon bozoriga chiqishi munosabati
bilan taqqos qilib bo’lmaydigan holda o’smoqda. Ma’lumki, biznesning jahon
amaliyotida kompyuterlashtirish kundalik va muhim texnika bo’lib kolgan.
Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq to’lash amalga
oShiriladi, bozor tadqiqot qilinadi, chakana va ulgurji savdolar o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: