Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja


Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va o`rmon ovchi qabilalari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə28/43
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#123692
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
arxeologiya va etnologiya mavzusida r

Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va o`rmon ovchi qabilalari. Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida, buyuk ko`llar atrofidagi AQSHning Guron, Eri, Ontario, qisman Nyu-York va Pensilvaniya shtatlarida irokez va algonkin qabilalari yashaydi. Ular o`zlarining xo`jalik, madaniy va ijtimoiy turmushi xususiyatlari jihatidan yaxlit guruhni tashkil qiladi. Turli tilda gapiradigan mazkur qabilalar etnik tarixi bir necha davrlarga bo`lib, turli afsona va rivoyatlar bilan to`ldirilgan. Tarixiy va etnografik jihatdan irokezlar ancha batafsil o’rganilgan. Mashhur Amerika tadqiqotchlsi L. Morganning ajoyib asarlari tufayli irokezlarning turmush tarzi, jjtnnoiy tuzumi matriarxat urug`ining klassik namunasi, deb tanilgan.
Irokezlar Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida keyin paydo bo`lsa-da, arxeologlarning aytishicha, bu yerda madaniyat besh ming yillar muqaddam tashkil topgan. Irokezlarning etnogenezi eramizdan avvalgi 1 ming yillikda shakllana boshlagan vudlend madaniyati bilan bog`liq ekanligi aniqlangan.
Mahalliy hindilar qadimdan mayda daraxtli o`rmon va to`qayzorlarni kuydirib, dehqonchilik qilib kelganlar. Ular qirqilgan daraxtlarni quritib yoqqanlar, chopqida, yog`och bel yoki yo`nilgan uchli yog`och bilan yerni kavlab, ishlov berib kul aralash tuproqqa urug` sepganlar. Irokezlarning asosiy ekinlari – mais (makkajo`xori), lobiyo va qovoq. Bu ekinlar («Uch opa-singil») bilan ularning diniy tasavvurlari ham bog`liq. Uy oldi tomorqada tamaki, tarvuz, no`xot, kungaboqar, yer noki va boshqa ekinlar ham ekilgan. Ammo makkajo`xorining har xil turlari irokezlarni zarur oziq-ovqat bilan ta`min qilib, hatto qo`shimcha mahsulot yetkazib bergan. Makkaga go`sht qo`shib, sopol idishlarda turli taomlar tayyorlaganlar. Zarang daraxti sharbatidan bahor faslida qand pishirganlar. Hindilar yovvoyi meva, urug` va yemishli ildizlarni terishga juda mohir bo`lgan-lar. Ko`l bo`yida yashovchi ayrim algonlik qabilalari yovvoyi sholini kemada yig`ib, boshog`ini yanchib, yog`och bilan tuyib guruch olganlar.
Dehqonchilikda yerni chopib, ishlov berish erkaklar zimmasiga, boshqa barcha xo`jalik ishlari ayollarga yuklangan. Ovchilik ham erkaklar kasbi bo`lib, ularga go`sht, charm va teri yetkazib bergan. Bir guruh erkaklar kuz va qish oylarida o`rmonlarga ketib ov qilib bahorda qaytib kelganlar. Ular bug`ular, qunduz, suvsar va savsar kabi o`rmon hayvonlarini va qushlarni ovlaganlar, kuz paytlarida asal yig`ganlar. Baliqchilik bilan ham shug`ullanganlar. Hunarmandchilik ancha rivojlangan, kulolchilikni bilganlar. Natijada savdo-sotiq rivojlangan.
Ishlab chiqarish qurollaridan dehqonchilikda, asosan, chopqi, toshbolta, mis tig`li pichoq, nayza va o`q-yoy, cho`qmor tayoq (tosh o`rnatilgan maxsus qurol tomagavk) va palaxmon, daraxt qobig`idan yasalgan kema, sanchqi, to`r va savatlardan foydalanishgan. Turli naqsh berilgan sopol chilimlar irokezlarga xos.
Teriga ishlov berish, ayniqsa, bug`u terisidan baxmal charm (zamsha) ishlab chiqarisK juda rivojlangan. Kiyimlari zamshadan, qunduz va suvsar terisidan tikilgan. Erkaklarning kiyimi zamsh plashi va yubkadan iborat, oyog`iga mokassin (maxsi), to`pig`i va beliga getra, uzun yubka va ko`ylak kiyganlar, plash yopinganlar va turli bezaklar taqqanlar.
Irokez qabilalarining jamoa uylari bir necha oilaga mo`ljallangan to`g`ri burchakli yog`ochdan tiklanib daraxt qobig`i bilan yopilgan. L.Morgan ta`rificha, bu «uzun uylar» 6-8 metr kenglikda, ichki tomoni dahliz bilan ikkiga bo`lingan, devor bo`ylab uzunasiga yarim metr ko`tarilgan yog`och supalarda eni 4 metr keladigan «xonalar» har bir oilaga ajratib qurilgan. Ba`zan bunday uylarda butun bir urug` yashagan. Uylangan yangi kelin-kuyovlarga shu uy yoniga cho`zib yangi xona qo`shib qurilgan. Dahliz o`rtasida to`rt oilaga mo`ljallangan bir necha o`choq o`rnatilgan. Qozon mehmondorchilik belgisi hisoblangan. Har qishloqda mazkur «uzun uylar» soni 10-30 tagacha yetgan. Ayrim algonkin qabilalarining uylari egilgan maxsus daraxt shoxlaridan gumbaz yoki to`rtburchak shaklida tiklanib yog`och qobig`i yoki chipta bilan yopilgan. Qishloqlar 500 dan to 1000 kishigacha yetadigan aholiga ega bo`lgan.
Irokezlarning ijtimoiy tuzumi urug`chilikdan iborat bo`lib, bir necha qonu qarindosh oilalar bir ayol boshchiligidagi jamoa (ovachir) ni tashkil qilgan. Ovachir dastlab umumiy xo`jalikka ega bo`lgan matriarxat urug`i hisoblangan. Nikoh ekzogam tartibda bo`lganligi tufayli kuyov xotini bola tuqquncha ayricha o`z urug`i bilan yashagan, xotini oldiga faqat qorong`i kechasi borgan. Meros ham ayol urug`iga o`tgan. Qabilalar urug`larga bo`linib, fratrial tartib o`rnatilgan. Urug` va qabilalarning katta-kichikligi qit`aning shimoli-sharqiy qismidagi o`rmonlarning sharoitiga moslashgan xo`jalikka bog`liq bo`lgan. Asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer butun qabila yoki urug`ga tegishli, ammo har bir ovachirga taqsim qilingan. Muhim masalalarni hal qilishga keksa urug` a`zolari maslahatga to`planishgan. Urug` oqsoqollaridan fratriy boshliqlari tayinlangan, ular qabila kengashiga to`planib, ochiq majlislar o`tkazganlar.
Hindi qabilalarining jipsligi irokezlarning 1570-yilda paydo bo`lgan mashhur «Beshta qabila ittifoqi» yoki «Irokezlar ligasi»da o`z ifodasini topgan edi. Bunga eng kuchli qabilalardan beshtasi — Mogauk (Chaqmoqtosh), Oneyda (Granit yoki Xarsangtosh), Onondaga (Tog`liklar), Kayyuga (Trubka yoki sohilliklar) va Seneka (Buyuk tepaliklar elati) birikkan. Ittifoq 50 urug` oqsoqol (saxem)laridan iborat maxsus umumiy kengashga ega bo`lib, unda urush va tinchlik, qabilalararo munosabatlar kabi muhim masalalar hal qilingan. Harbiy ishlarni boshqarish uchun Kengash 2 ta lashkarboshi saylagan. Irokezlar ligasi juda zo`r kuchga ega bo`lgan. XVIII asrga kelib unga Buyuk ko`llar atrofidagi boshqa qabilalar ham bo`ysungan. Mustamlakachilar ham Ittifoqning fikri bilan hisoblashganlar va hatto diplomatik munosabatlar ham o`rnatilgan (Angliya va Fransiya qirollari bilan bo`lgan munosabatlar).
AQSHning mustaqillik uchun olib borgan urushidan keyin irokezlar qattiq mag`lubiyatga uchrab o`z ona yerlarini tashlab ketishga va asta-sekin mol qo`rasidek o`ralgan maxsus rezervatsiyalarga ko`chishga majbur bo`ladilar. Ammo ayrim qabilalar parti-zanlik urushini davom ettirganlar. Urug`-qabila munosabatlari yemirilib, monogam oila paydo bo`ladi, bir vaqtlar dahshatli kuchga cga bo`lgan irokezlar grajdanlik huquqlaridan mahrum holda kambag`al fermer va ishchilarga aylanadilar. Shimoliy Amerikaning algonkin va musgok tillar oilasiga mansub qabilalarning ham taqdiri fojiali tugagan. Mazkur qabilalardan tashkil topgan ittifoqlar (ayniqsa, kuchli Krik Konfederatsiyasi) ham yemirilib, 1820-yillarda AQSH hukumati tomonidan g`arbiy tomondagi noqulay joylarga zo`rlik bilan ko`chirilgan. Irokezlarning bir qismi Kanadaga ko`chib, rezervatsiyalarga joylashgan.
Mahalliy hindilarning dinlari ibtidoiy e`tiqodlar bilan bog`liq. Bularda keng tarqalgan totemizm, shomonizmdan tashqari tabiat kuchlari, o`simlik dunyosi va jonivorlar bilan bog`liq turli animistik tasavvurlar muhim o`rin egallagan. Irokezlarda «Uch opa-singil» (mais, lobiyo va qovoq) ibodati kuchli bo`lgan. Ular yilni uch davrga bo`lib (ovchilik, yig`im-terim va dehqonchilik faoliyati bilan bog`liq), turli marosimlar o`tkazganlar. Eng katta bayram marosimlari qishning o`rtasida nishonlangan. Ular, ayniqsa, momaqaldiroq va quyoshga sig`inganlar. Seminola qabilalari sehrli buyumlardan iborat muqaddas tugunga itoat qilganlar va shunga bag`ishlangan yilda bir marta bayramlar o`tkazilgan. Chippeva qabilalarida o`simlik va hayvonlarning arvohlari bilan yaqin aloqada bo`lish mumkin, degan tasavvurlar keng tarqalgan. Ularning shomonlari duogo`ylik yo`li bilan yaxshi ovni ta`minlovchi irimlar qilganlar, turli o`tlar bilan kasalliklarni davolaganlar. Keyingi davrlarda missionerlarning faolligi tufayli mahalliy hindilarning orasida nasroniy dini keng tarqalgan. Hatto ibtidoiy dinlar bilan nasroniy dini mazhablari aralashmasidan yangi diniy yo`nalishlar ham paydo bo`la boshlagan.
Xalq ijodi ancha rivojlangan. Ertak va ashulalarda, tarixiy afsona va rivoyatlarda hindilarning hayoti poetik tasvirlangan. Mashhur Amerika yozuvchisi G. Lonfello yozgan «Gayava to`g`risida qo`shiq» nomli qissa irokezlarning boy ertaklariga asoslangan. Turli raqs va o`yinlar, haykaltaroshlik totemistik obrazlarni tasvirlash xalq ijodining ajoyib namunalaridir.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin