1-AMALIY MASHG‘ULOT. ASOSIY TERMODINAMIK HOLAT PARAMERTLARI. IDEAL GAZ HOLAT TENGLAMALARI.
Tayanch iboralar:ideal gazlar,ideal gaz qonunlari, bosimlar nisbati, hajmlar nisbat, universal gaz doimiysi, gazning zichligi, molekulyar massa.
XVII – XIX asrlarda atmosfera bosimiga yaqin bosimlarda gazlar o‘zini qanday tutishini tekshirgan tadqiqotchilar emperik yo‘l bilan bir qancha muhim qonuniyatlarni ochdilar. Molekulalari orasida itarish va tortishish kuchlari bo‘lmagan va molekulalari hech qanday hajmga ega bo‘lmagan gazlarga ideal gazlar deyiladi.
Ideal gazlar Boyl–Mariot, Gey – Lyussak va Avogadro qonunlarga bo‘ysunadi.
1. Boyl–Mariot qonuni tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Boyl-Mariott harorat о‘zgarmaganda solishtirma hajm bilan mutlaq bosim orasidagi bog‘lanishni aniqlagan. Bu qonun ingliz fizigi Boyl tomonidan1664 yildava fransuz ximigi Mariott tomonidan1676 yilda ochilgan va quyidagicha ta’riflanadi:harorat о‘zgarmaganda, bosimlar nisbati, hajmlar nisbatiga teskari proporsional. Ta’rifni boshqacharoq aytsak:Gazning doimiy miqdori (massasi o‘zgarmas bo‘lganda) bir xil haroratda (T1 =T2) P1 V1 ko‘rsatkichli P1 V1 holatdan, P2 V2 holatga o‘tganda uning bosimi hajmiga teskari proporsional o‘zgaradi:
(1.9)
2. Gey – Lyussak qonuni. Gey-Lyussaktomonidanyanabirqonunyaratilganbо‘lib, ujismningbosimiо‘zgarmaganholnitekshirdi.
Buqonun, bosimо‘zgarmaganda, mutlaqharoratbilansolishtirmahajmorasidagibog‘lanishniifodalaydivaquyidagichata’riflanadi:bosimо‘zgarmaganda, solishtirmahajmlarnisbati, haroratlarnisbatigatо‘g‘riproporsional. Ta’rifni boshqacharoq aytsak:Agar o‘zgarmas bosim ostidagi (P1=P2) bir xil miqdordagi (1 kg) gaz isitilsa yoki sovutilsa, gazning hajmi uning absolyut haroratiga to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi: (1.10)
3. Avogadro qonuni. Bir xil bosim, harorati va hajmidagi har hil molekulalar soni teng bo‘ladi. Bir xil harorati va bosimda, gazning zichligi , molekulyar massasi ga proporsional bo‘ladi.
(1.11)
Va bir birlik massa uchun
(1.12)
Normal sharoitda (p=760 mm.sim.ust.,t = 0 oC)
1 kmol uchun:
V = 22,4 m3/kmol,
ya’ni
V = 22,4 m3/kmol. (1.13)
Ideal gazning absolyut bosimi bilan solishtirma hajmi ko'paytmasini absolyut haroratga nisbatan o'zgarmas kattalik.
1 kg gaz uchun bu o‘zgarmas kattalik R harfi bilan belgilanadi va u GAZ DOIMIYSI deyiladi:
yoki P=RT (1.14)
(1.14) tenglama 1 kgideal gazning holat tenglamasi yoki Klayperon tenglamasi deyiladi. (1.14) tenglamaning ikkala qismini m kg ga ko‘paytirib gazning ixtiyoriy miqdori uchun holat tenglamasini olamiz
PV=mRT (1.15)
Gaz doimiysi R ning fizikaviy ma'nosini aniqlaymiz.
Ideal gazlarning muvozanat holatlari uchun uning asosiy parametrlari P1V vaT ga ta’luqli asosiy tenglama mavjud. Bu bog‘liqlik Klayperon tenglamasi bilan ifodalanadi:
1 kg gaz uchun
PV=RT (1.18)
Ixtiyoriy M gaz massasi uchun
PV=MRT (1.19)
bunda, R – gaz doimiysi,
Agarda M o‘rniga (molekulyar massasi) qo‘yilsa va V=V ekanligi e’tiborgaolinsa, Klayperon – Mendeleev tenglamasi kelib chiqadi:
PV=RT (1.20)
bu yerda: V – ishchi jismning molekulyar hajmi, m3/kmol; normal sharoitdaV=22,4 m3/kmol;
R=R – universal gaz doimiysi.