14 – viloyat va 194 tuman xokimiyatlari
Oxirgi 9 oylik xisobot bo‘yicha tizim orqali 172,6
ming elektron
korrespondetsiya amalga oshirilgan.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining qarori mamlakatimizning dasturiy
ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida (2013 yil 20 sentyabr №PP-2042)
- Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining
milliy reyestri
yaratilmoqda;
- Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar
2017 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar ozod qilingan;
- Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar – dasturiy ta’minot
vositalari
ishlab chiquvchilari dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda xizmatlarni Internet tarmog‘ining on-layn
do‘konlari orqali eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport
qilish huquqiga egadirlar;
- Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot
vositalari
ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy
shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuza olish imkoniyati mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori O’zbekiston
Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat
qo‘mitasi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish
markazi hamda
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari
to‘g‘risida (2013 yil 16 sentyabr №250)
- "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini
ta’minlash markazining asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmasi aniqlandi
- Belgilab qo‘yildiki, “Elektron hukumat” tizimini
rivojlantirish markazi
hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini moliyalashtirish va
moddiy texnik ta’minoti tasdiqlangan smeta doirasida Axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish fondi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va
hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning beg‘araz texnikaviy ko‘magi
(grantlari), xo‘jalik
faoliyatidan, shuningdek qonun xujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
O’zbekistonda elektron hukumat tizimini joriy etilishida quyidagi ketma-
ketlik bo‘yicha meyoriy-huquqiy xujjatlar ishlab chiqilgan:
Elektron hukumatning asosiy tadbirlari quyidagi berilgan:
1.
Elektron hukumat o‘quv
markazini tashkil etish (davlat xodimlarini,
shuningdek, Aholining keng ko‘lamini va tadbirkorlik sub’ektlarini uzluksiz
ta’limini tashkil etish)
2.
“Elektron hukumat xaqida” O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini
ishlab chiqish
(Infrastruktura, axborot tizimlari majmui integratsiyasi va davlat
tashkilotlarining ma’lumotlar bazasi talablarini aniqlash)
3.
Elektron hukumatni qo‘llab quvvatlovchi maxalliy markazlarini tashkil
etish
(Elektron hukumat xizmatlari Aholiga taqdim etish shart sharoitlarini bilan
ta’minlash)
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida ko‘rsatilgan huquqiy meyoriy
xujjatlar asoslangan xolda O’zbekistonda AKTni rivojlantirilsa va takomillashtirilsa
kutilgan natijalarga erishiladi.