Bilim bu axborotni qoidalar kiritish orqali qanday tushuntirish va tag’dim qilishdir
va shunday qilinsa qabul qilingan axborot haqida qaror qabul qilinishi mumkin.
Ma’lumot, axborot va bilim o’rtasidagi munosabatlar
Quyida siz ma’lumot, axborot va bilim o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi
tushunishingiz uchun misollar:
Bu yerda bir nechta sonlar berilgan: 4.31, 4.18, 4.29, 4.32, 4.19, 4.21. Izoh
bo’lmaganligi tufayli bularning nima ma’no anglatishini bilmaymiz, shuning uchun
bular ma’lumotdir.
Ammo
agar biz bular, yani, 4.31, 4.18, 4.29, 4.32, 4.19 va 4.21 poyga daqiqalar
ekanligini kiritsak, izoh qo’shgan bo’lamiz va natijada
ushbu sonlar axborotga
aylanadi. Ma’lumotni tahlil qilish orqali ham, masalan eng tez vaqtni aniqlash orqali
yana axborot hosil qilamiz.
Bilim bu axborotga qoidalar kiritishdir. Masalan, yuqoridagi misolda qoida eng tez
kelgan ishtirokchining g’olib bo’lishidir.
Quyida yana boshqa sonlar qatori:
07:30 | 160/94 | 08:30 | 155/92 | 09:30 | 150/90 | 10:30 | 148/91 | 11:30 | 1146/90
Bular izohga ega bo’lmagan va hech qanday yo’l bilan qayta ishlanmagan sonlardir,
shu tufayli bu ma’lumot.
Agar bular 1 soat oralig’ida aniqlangan qon bosimlari ekanligi aytilsa, unga
ma’lumot izohlanadi va axborotga aylanadi.
Ma’lumotni jadvalga joylashtirish orqali ham uni axborotga aylantirish mumkin.
Qon bosimi tekshhiruvi
Aniqlangan
vaqti
Bemorning
qon bosimi
07:30
160/94
08:30
155/92
09:30
150/90
10:30
148/91
11:30
146/90
Keyin esa doktor qon bosimlari haqidagi bilimni quyida berilgan qisqacha bayon
orqali tagdim qilishi mumkin:
Sistolik qon bosimi/Diastolik qon bosimi
120-140/70-90 normal qon bosimini
140-159/90-94 qisman yuqori qon bosim
160-179/94-119 yuqori qon bosimi
Doktor jadvalda berilgan axborotga bemorning sog’ligi haqida xulosa qilib bilimni
kiritishi mumkin va kerakli choralar ko’riladi.
Umuman olganda, axborot va ma’lumot degan so’zlar odatda teng ma’noli holda
ishlatiladi. Ammo, AKTda axborot va ma’lumot terminlari orasida juda aniq va
yaqqol farq mavjud va ularni qo’llayotganda yoki tushuntirayotganda
juda aniq
bo’lishingiz kerak.
O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan,
axborot -
manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar,
voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish
mumkin: dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda
tushunchalar yoki buyruqlar; ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni
ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi
bilimlar majmui.