Asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə2/4
tarix26.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#134916
1   2   3   4
biriktiruvchi to\'qima

Asosiy xususiyatlari
Birlashtiruvchi to'qimada ozroq hujayralar va katta hajmdagi matritsa mavjud. Matritsa asosiy modda va tolalardan iborat. U ligamentlar, xaftaga va tendonlardan tashqari qon tomiriga boy.Vazifalari.Uning ba'zi funktsiyalari: kuch, elastiklik va ko'tarishni ta'minlaydi; eskirgan qon hujayralarini (taloq) va mikroblarni (limfa tugunlari) olib tashlang; organlarning kengayishiga yo'l qo'ying; qo'shma harakat va moslashuvchanlik va qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shish; va boshqalarTurlari.Bo'sh biriktiruvchi to'qima, zich biriktiruvchi to'qima, xaftaga, suyak to'qimalari, qon va limfa.Tarkibi. Birlashtiruvchi to'qima hujayralarida fibroblastlar, makrofaglar, mast hujayralari va adipotsitlar mavjud.Matritsa asosiy modda va tolalar orqali hosil bo'ladi. Asosiy modda hujayralarni ushlab turish funktsiyasiga ega va hujayralar almashinuviga faol hissa qo'shadigan vositani ta'minlaydi. Elyaflar (kollagen, elastik va retikulyar) kuch va quvvatni ta'minlaydi.
B iriktiruvchi to'qima turli turlari quyidagi funktsiyalarni amalga: tarkibiy; suv-tuz balansini ta'minlash; trofik; Boshsuyagi mexanik himoya qilish; Bir to'qimalarining (masalan, ko'z shakli sklera orqali belgilanadi);to'qima o'tkazuvchanligi, muntazamlik ta'minlash; Tayanch-harakat mexanik (tog'ay va suyak, paylar va aponeuroses); himoya (immunologiya va fagotsitoz); plastik (moslashish
uchun yangi atrof-muhit sharoitlari, yara bitishi); gomeostatistik (tana, bu muhim jarayonda ishtirok etadi.

Sıyrak biriktiruvchi to’qima hujayra elementlari.Siyrak biriktiruvchi toqima hujayralariga: fibroblast, gistositlar, plazmatik hujayralar, semiz hujayralar, pigment, adventisial hujayralar va qon tomirlaridan migrasiya yoli bilan tashqariga chiqadigan ayrim leykositlar kiradi. 1.Fibroblastlar siyrak biriktiruvchi toqima tarkibida hamisha boladi. Yirik uzunchoq hujayra bolib markazida yumaloq yoki ovalsimon xromatinning kamroq yadrosi bor. Yadrosi ichida 2-3 dona yadrochasi bor. Hujayra sitoplazmasi tuzilishiga qarab 2 ga bolinadi. Uning tashqi ya`ni, pereferik qismi ektoplazma suyuqroq, gomogen holda bolib, boyoqlarda juda sust boyaladi. Fibroblast yadrosining atrofida joylashuvchi sitoplazmasi, ya`ni, entoplazma qyuqoq tuzilishga ega bolib, boyoqlarda yaxshi boyaladi va mikroskopda aniq korinadi. Endo va ektoplazmaning nisbiy miqdori har xil bolishi mumkin. Bu asosan hujayraning yoshiga, vazifasiga va turiga bogliq. Yosh fibroblastlar doimo mitoz yoli bilan bolinib turadi va qarishi bilan bu xususiyatini yoqotadi. Hujayra qarishi bilan uning ektoplazmasi kamayib boradi, hajmi kichiklashadi, yadrosi hjayra shaklini egallay boshlaydi. Hjayralarning bunday ixtisoslashgan shakli fibrosit deyiladi. Fibrositlar, bu fibroblast hujayralar rivojining songgi bosqichida hosil boladigan hujayralardir. Fibroblastlarning vazifasi siyrak biriktiruvchi toqimada juda katta. Ular asosiy modda va tolachalar yaratilishida ishtirok etadi. Har xil kasallik holatlarida, masalan, yalliglanishida, operatsiyadan song jarohat bitishida yangi toqima hosil qilib turadi. Agar organizmga yot moddalar kirib qolsa, uning atrofida fibroz toqima hosil bolib, uni orab boshqa organlardan ajratib turadi. 2.Gistisoidlar (makrofaglar) govak biriktiruvchi toqima tarkibidagi hujayralarga kiradi. Tashqi korinishidan yumaloq va ovalsimon korinishiga ega lekin shaklini ozgartirib turadi. Sitoplazma yadrosi fibroblastlarga nisbatan intevsiv boladi. Organoidlarga endoplazmatik tur, mitoxondriy va Golji kompleksi borligi aniqlangan, lizosomalar koplab uchraydi, hujayra xususiyatiga ega. Organizmga yalliglanish jarayoni sodir bolsa, gistiosit hujayralar u erga qarab aktiv harakat qiladi. Bu erda ular nobud bolgan hujayra yoki mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Shu jihati bilan ular qonning shaklli elementlariga oxshaydi. Gistiositlar ritikula toqimasi, qonning shakli elementlari limfosit va monositlardan rivojlanadi, shuning uchun ham ularning tashqi korinishi har xil bolishi mumkin. 3.Plazmatik hujayralar ( plazmositlar) organizmda antitelo yaratilishida ishtirok etadi. Organizmda antigen paydo bolishi bilan ozidan unga gamma globulin oqsili, ya`ni antitelo ishlab chiqara boshlaydi. Plazmatik hujayralar suyak komagida, taloq, jigar, buyrak va limfa tomirlarida koplab uchraydi. Har xil kasalliklarda ularning soni kopayib ketadi, qizamiq, leykoz kasalliklarida esa qon tarkibida ham uchraydi. Ularning korinish yumaloq yoki ovalsimon shaklda, yirik limfosit yoki monosit korinishida boladi. Plazmatik hujayralar hozirgi zamon nazariyasiga qaraganda suyak komigida qon ishlab chiqaradiganhxujayralardan hosil boladi.
4.Semiz hujayralar (labrositlar) boqoq bezida, til, murtaklar, bachadon, sut bezlari, me`da ichak yollari kabi organlarning kapilyar tomirlari devorida koplab uchraydi. Shakli yumaloq bolib kochib yurish xususiyatiga ega. Yadrosida xromastin kop. Bundan tashqari, mitoxondriy, Golji kompleksi, endoplazmatik tur, hujayra markazi boladi. Ularning vazifasi uzoq vaqtlargacha ma`lum bolmay keldi. Semiz hujayra donachalari oqsil bilan birikkan geparin moddasida tashkil topgan bolib, tarkibida gistamin, lipaza, kislotali va ishqoriy fosfotaza, sitoxromasidaza va peroksitazalar topilgan. Ular suyak komigida birlamchi hujayra mielosit va limfisitlardan tarqaladi. Semiz hujayralarning miqdori organizmda har xil fiziologik holatiga qarab ozgarib turadi. Masalan, homiladorlik davrida bachadonda va sut bezlarida kopayib ketadi.
5.Yog hujayralari yumaloq shaklda bolib ustidan, parda orab turadi. Sudan buyogi bilan boyalgan yog toqimada hujayralardagi yog tomchilari marjonga oxshab toq sariq rangda boyaladi.Hujayra tarkibida yog tomchilaridan tashqari esteraza, fosfotaza va boshqa fermentlar ham uchraydi.
6.Retikula hujayrasi. Umurtqali hayvonlar organizmida kop tarqalgan toqimalarga kiradi. U aksariyat qon hosil qiluvchi organlarda, chunonchi suyak komigi, limfa tugunlari va taloqda hamda jigarda kop uchraydi. Retikula hujayralari kam tabakalangan va mol tabakalangan hujayralarga bolinadi. Kam tabaqalangan hujayralarda kiritmalar bolmaydi, hamma organoidlari boladi, yadrosi ovalsimon, oqish boyaladi. Bu hujayralar boshqa hujayralarga aylanish xususiyatiga ega. Ular fiziologik holatiga qarab gemositoblast, makrofaglar, fibroblast hujayralariga aylanishi mumkin. Bu hujayralarning yana eng muhim xususiyatlaridan biri ta`sirlanganda yumaloqlanib boshqa yon hujayralardan ajralib olishidir.
7.Pigment hujayralari ovalsimon yoki chozinchoq shaklda bolib atrofida uzunligi har xil mayda osimtalar boladi. Odamlarga pigmentlar togri ichakning tashqi chiqaruv teshigi atrofida, yorgoqda, kokrak surgichlarining atrofida, kozning tomirlari va rangdor pardalarda uchraydi. Bu hujayralarga melanoblastlar deyiladi. Pigment hujayrasi sitoplazmasida melanin pigmentning mayda donachalari bor. Bu donachalar ultrabinafsha nurlar ta`sirida kamayib kopayib turadi. U terozinaza fermenti ta`sirida tirozin aminikislotasidan hosil boladi, uning asosiy vazifasi organizmni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlashdir.
8.Adventisial (kombial) hujayralar asosan kapilyar qon tomirlar atrofida kop rivojlangan boladi. Duksimon shaklda ortasida 1 ta yadrosi bor, organoidlari kam rivojlangan.
9.Perisitlar endoteliy hujayralarining bazal membrana bilan tutashgan qismidagi oraliqdagi kop osimtalarga ega hujayra korilgan bolib unga perisit yoki perikapilyar deb aytiladi. Qon tomirlari devorida adventisial hujayralar uchraydi. Ko’p olimlar adventisial va perisit hujayralar 1 ta hujayra deb yuritgan.
Zich biriktiruvchi to’qimalar:
Zich biriktiruvchi tо‘qima.Ushbu tо‘qimani mikroskopda kо‘rish uchun teridan tayyorlangan preparatlardan foydalaniladi. Bu tо‘qimani oldin mikroskopni kichik obyektivda kо‘riladi. Teri tuzilishiga kо‘ra ikki qavatdan tashqi qavat epidermisdan, ya’ni kо‘p qavatli yassi muguzlangan epiteliydan va ichki biriktiruvchi tо‘qimadan yoki haqiqiy teridan iborat.Epidermis qavati bilan derma qavatini mikroskopda yaxshi kо‘rinmaydigan bazal membrana ajratib turadi.
Ularning tutashish chegaralari о‘ziga xos notekis tuzilishga ega. Biriktiruvchi tо‘qima epidermis qavatiga sо‘rg‘ichsimon shaklda о‘sib kiradi, о‘siqlar oralarida esa epidermisning epiteley xujayralari yotadi. Ikkinchi qavat ya’ni terining derma qavati bir-biriga hech qanday chegarasiz bevosita tutashib ketadigan sо‘rg‘ichsimon qavat bevosita bazal membrana ostida joylashgan bо‘lib, qon tomir va nerv tolalariga boy yumshoq biriktiruvchi tо‘qimadan iborat.
Undan keyingi tо‘rsimon qavat zich biriktiruvchi tо‘qima keladi. Bu tо‘qima kollogen tolachalardan tashkil topgan bog‘lamchalardan iborat bо‘lib, har xil yо‘nalishda yotadi. Preparatda bog‘lamchalarning uzunasiga va kо‘ndalangiga kesmalarini kо‘rish mumkin. Bog‘lamchalar oralarida yadrosi tо‘q rangga bо‘yalgan fibrositlar uchraydi. Tо‘qima oralarida kо‘ndalang kesilgan qon tomirlar, ter bezlarining chiqaruv kanalchalari kо‘rinib turibdi. Preparatda tо‘rsimon qavatdan sо‘ng yog‘ tо‘qimadan tashkil topgan qavat kо‘rinadi. Zich biriktiruvchi tо‘qima kollegen tolachalarning joylashishiga kо‘ra shakllanmagan zich biriktiruvchi tо‘qima va shakllangan zich biriktiruvchi tо‘qimaga bо‘linadi. Shakllanmagan zich biriktiruvchi tо‘qima kollogen tolachalar tutamlarining tartibsiz joylashgan bо‘lishidir. Bu tо‘qimaga terining tо‘r qavati bо‘g‘imlar va ichki organlar ustini qoplab turuvchi kapsula tо‘qimalari kiradi. Biriktiruvchi zich tо‘qimada asosiy modda kam bо‘ladi hujayralardan faqat fibroblast va kichraygan uzunchoq shaklda fibrositlar bо‘ladi. Zich biriktiruvchi tо‘qima chо‘zilish va qisqarish ya’ni mexanik vazifani bajarib bо‘lgandan keyin asl holiga qaytish xususiyatiga ega bо‘ladi.Shakllangan zich biriktiruvchi tо‘qimadan kollogen va elastik tolalardan tashkil topgan tutamlar bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashgan bо‘lishidir.
Shakllangan zich biriktiruvchi tо‘qima paylar va boylamlarda fibroz membrana va plastinkasimon biriktiruvchi tо‘qimalarda uchraydi.



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin