Ko’pgina MP ning mikroEHM sistemali programmalarini boshqarish uchun monitor deb ataluvchi programma bor. Monitor amallar sistemasini (operasion sistemalarni) boshqaruvchi elementdir va programmalashtiradigan manbalarni (resurslarni) taqsimlaydi. Monitor, foydalanuvchi bilan dialog rejimida interfeys tashkil etadi. Monitor videoterminal, sistemali konsol yoki pechatlaydigan mashinalardan buyruqlarni qabul etadi va ularni bajaradi. Monitorni tipik vazifalariga quyidagilar kiradi; terminalning (konsulning) klaviaturalarini holatini ko’chirish, buyruqlarni indentifikatsiyalash; periferiya qurilmalarini belgilash (logik adreslarni fizik adreslarga kodlarga o’tkazish); boshqa sistemali programmalarni boshqarish; haqiqiy vaqtni ushlab turish; asosiy va tashqi xotira oralig’ida qiymatlarni uzatib turishni boshqarish.
Mashinaning imkoniyatiga qarab monitor bitta topshiriqni yoki ikkita topshiriqni (oldingi-keyingi plan bilan ishlashi) bajarishi mumkin.
Birinchi holatda monitor faqatgina bitta programmani bajarishni boshqaradi. Bu programma, terminaldan tugatilgunicha yoki vaqtincha to’xtatilgunicha bajariladi.
Oldingi (keyingi) plandagi monitor bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikkita programmani boshqaradi. Bu ikkala programma, bir paytda, asosiy xotirada bo’ladi. Bu yerda avvalo oldingi plandagi, keyin esa keyingi plandagi programmalar bajariladi.
Orqa (keyingi) plandagi programmani bajarishni boshqaradigan miniEHM oddiy monitorni ko’rib chiqamiz. Foydalanuvchi terminaldan ikki turdagi buyruqlarni kiritadi. Har bir buyruq karetkani qaytishi bilan tugallanadi.
Birinchi turdagi buyruqlar (ularni klavishining buyruqlari desa bo’ladi) amallar sistemasini boshqarish uchun mo’ljallangan. Ular boshqaruvchi klavishilarni bosish hamda qisqa rezervlangan mnemonikalarni kiritilishi bilan inisilizatsiyalanadi.
Quyida mnemonika ko’rinishidagi klaviatura buyruqlariga misollar keltiramiz:
ASS (assigu) – logik otlarni periferiya qurilmalari bilan assosiasiyalash;
SET – sistemalarning kattaliklarini (parametrlarini) o’zgartirish;
V (baza) – bazaning adresini bersh;
E (examine) – xotira yacheykasini chiqarish (qayd qilish);
D(deposite) – xotira yacheykasida qiymatni eslab qolish;
GE (get) – yuklovchi modulning asosiy xotirasiga yuklash;
ST (start) – ko’rsatilgan (topshirilgan) adres bo’yicha amaliy programmaga boshqarishni berish;
RVN – < GE va ST buyruqlarini harakatiga ekvivalent;
R (RUN) – sistemali programa uchun RVN buyrug’iga ekvivalent;
RE (reenter) – yuklangan programmani qayta ishga tushirish (restart);
DAT (date) – ko’rsatilgan kunni (vaqtni) kiritish yoki hozirgi vaqtni chiqarish.
Boshqaruvchi klavishilar yordamida kiritiladigan buyruqlar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Hozirgi bajarilayotgan programmalarni vaqtincha to’xtatish va boshqarishni monitorga qaytarish; konsolga (terminalga) ma’lumotlarni chiqarishni boshlash; navbatdagi buyruqni bergungacha ma’lumotlarni terminalga chiqarishni to’xtatish; keyingi varaqni (listingni) chiqarish; hozirgi kiritilayotgan qatorni yo’q qilish; buyruq qatorini bekor qilish; fayl tanlash.