Ateroskleroz
Ateroskleroz - arteriya devorlarining zichlashuvi va elastikligining yo’qolib ketishi, hamda teshigining torayib qolishi bilan ta’riflanadigan surunkali kasallik, organlarning qon bilan ta’minlanishini buzilishiga olib keladigan xastalik.
Bu xastalikni quyida o’kamiz zaminida, xo’jaliklarda, tomorqalarda, qolaversa, bog’ va bog’chamizda mavjud bo’lgan tabiat ne’matlari vositasi yordamida qanday davolash mumkinligi, ularning salomatlikka foydaligili haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tishga harakat qilamiz. Mazkur ma’lumotlar tabiat ne’matlarining shifobaxshligi bobidagi bilimlaringizni oshib borishiga yordam beradi, degan umiddamiz.
Sarimsoqli taomlar:
-sarimsoq qo’shilmasi “Allilsat” 20 tomchidan 3 marta.
- bosh piyoz qo’shilmasi “Allilsat” kuniga 20 tomchi 3 mahal. 3-4 hafta davomida iste’mol qilinadi.
Do’lana sharbati:
-do’lana sharbati asab sistemasini tinchlantiradi, yurak mushaklariga darmon bo’ladi, yurak qon tomirlari va miya tomirlarida qon harakatini yaxshilaydi. Uyquni oromli qiladi.
-do’lana gullari qo’shilmasi kuniga 20 tomchidan 3 mahal ichiladi.
Baqlajonli taomlar:
-baqlajon sabzavoti iste’mol qilinsa, qon tarkibidagi hamda qon tomir devoridagi xolesterin miqtorini kamaytiradi.
Qovun, qovun sharbati:
-qovun folat kislotasini saqlaydi, u organizmda muhim aminokislotalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Qonning shaklli elementlari- trombositlar va qizil qon tanachalari- eritrositlar hosil bo’lish jarayonida qatnashadi.
Makkajo’xori:
Makkajo’xori moyi salatlarga qo’shilgan holda iste’mol qilinadi, u xolisterin miqdorini kamaytiradi.
Karam sharbati, qovoqli taomlar, tog’olcha, xo’jag’at mevalari hamda chilonjiyda mevalari juda foydali.
Navoiy viloyati
Uchquduq tumani
20-maktabning biologiya fani o’qituvchisi
Botirova Saodat Vafoqulovna tel: +998942292559
Dostları ilə paylaş: |