ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI A) to‘g‘ri
+B) noto‘g‘ri
7. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan?
+A) Bolalar, hammamiz hoziroq ustoznikiga jo‘naymiz.
B) Shunda kimdir xonaga kirdi va darrov chiqib ketdi.
C) Topshiriqlarni bajaramiz hamda sayohat qilib qaytamiz.
D) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
8. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishi shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan
vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang.
1) qarab; 2) so‘ng; 3) tashqari; 4) ko‘ra; 5) kabi; 6) singari; 7) qaramay.
A) 1, 3, 4, 6
B) 2, 4, 5, 6
+C) 1, 4, 7
D) 1, 2, 5
9. Qaysi gapda otli so‘z birikmasi mavjud emas?
A) No‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi.
+B) Ezgulik uchun kurashmoq umrga sayqal beradi.
C) Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka yaraydi.
D) Darhaqiqat, shoirning qalbi bu hislardan oziqlanadi.
10. Shuni bilingki, hasharotlar chirindilar orasida qishlaydi. Ushbu gapda asosi
ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 2 ta
+D) 1 ta
11. Tog‘ etaklarida ko‘m-ko‘k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Asliy va nisbiy sifatlar qatnashgan
B) Tub va yasama sifatlar qatnashgan
+C) Otlashgan sifat qatnashgan
D) Orttirma va oddiy darajadagi sifatlar qatnashgan
12. Qaysi javobda qatnashgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi payt holi vazifasini
bajargan?
A) Men otam bilan yakshanba kuni toy sotib olgani bozorga borishimizni eshitib juda
xursand bo‘lib ketdim.
+B) U yerga borishimizni taqiqlab qo‘ygandan buyon biz shu maydonda futbol
o‘ynayapmiz.
C) O‘rtoqlarim bilan kitob sotib olish uchun kutubxonaga borganimizda u yerda
Nosirjon ham o‘tirganini ko‘rib hayron bo‘ldik.
D) Bu vaziyatdan chiqa olmayotgan Usmonjon do‘stlarining qo‘llab-quvvatlashi va
ko‘magiga ehtiyoj sezar edi.
13. Quyidagi berilganlardan so‘z tarkibi ot + so‘z yasovchi qo‘shimcha + lug‘aviy shakl