ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI C) Omon Matjon
D) Halima Xudoyberdiyeva
35. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot
to‘g‘ri?
A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
+B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
C) Radifi qisqa radif sanaladi.
D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
36. Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy
san’atlardan foydalanilmagan?
1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks
A) 1, 3
B) 1, 2
C) 3, 4
+D) 2, 4
37. “Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi”. Ushbu berilgan ma’lumot qaysi ijodkor
haqida?
A) Alfons Dode
B) Sergey Yesenin
+C) Anton Pavlovich Chexov
D) Rashod Nuri Guntekin
Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering. O‘tkir xanjarini beliga osib, oyboltasini ko‘targan jallod qushbegining hukmiga
muntazir edi. Qushbegining o‘ng tomonida qo‘rboshidan tortib shahar a’yonlari, qarshisida
Otabek, qutidor, Ziyo shohichi va uning og‘li Rahmat - gunohkorlar va ularning orqasida
muhofiz yigitlar.
Qushbegi o‘zining yozilib qo‘yilgan hukmnomasini qo‘liga olib o‘qishga hozirlandi:
„Menkim, Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi, o‘z hukmimni xoqon ibni xoqon janobi oliy
Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman. ...E’timodlik bir kishining shahodatiga
binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li - Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh
ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi
fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Otabekning bu harakati
ululamir bo‘lg‘an janobga bog‘iyliq bo‘lib, uni, ya’ni Otabek Yusufbek hoji og‘lini o‘lim
jazosi bilan jazolashni taqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yo‘lda ko‘makchi bo‘lib yurgan
Marg‘ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi
bilan o‘g‘li Rahmat bu bog‘iyliqdan xabardor bo‘laturib, vaqtida hukumatka ma’lum
qilmag‘anlari uchun bir yildan zindon jazosiga mahkum bo‘lurlar!“