Attestatsiya testlari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/85
tarix07.12.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#120608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
ATTESTATSIYA TO\'PLAMI JAVOBLARI(1)

3-VARIANT 
1. Qaysi gaplarda tovush o‘zgarishi asosida yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha 
qatnashgan?
1) Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘in sezmaysan.
2) U vijdon qiynoqlariga dosh bera olmadi.
3) Chaqaloq oppoq, momiq qo‘llarini menga cho‘zib talpinardi.
4) Dangasa va yalqovlarni hech qachon o‘zingga do‘st sanama.
A) 1, 2, 3, 4
B) 3, 4
С) 1, 2, 3
+D) 1, 2 
2. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) islohot, xalaskor, tamon
B) talofat, chopog‘on, faollik
C) matbuot, hashorot, nomoyon
+D) inshoot, sazovor, kamolot 
3. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolik kuzatiladi?
+A) San’atkor tamoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
B) Bu dasxat juda chiroyli ekan, ko‘zingni quvontiradi.
C) Sigir sog‘gan qiz nonushtaga hammadan keyin keldi.
D) Navbatdagi muolija dushanbadan boshlanadi. 
4. Qaysi javobda o‘zaro bir xil so‘z turkumiga mansub tub so‘zlar qatori berilgan?
A) toliqmoq, oqarmoq, o‘zgarmoq
+B) toychoq, qo‘zichoq, bo‘taloq
C) changitish, oqarinqiramoq, qayg‘urmoq
D) qahqaha, kelinchak, pirpirak 
5. Qaysi qatorda „ortiqcha“ sinonimlar berilgan? 
A) qizil, ol
B) gulgun, arg‘uvoniy
C) arg‘uvoniy, qirmizi
+D) zard, axtar
6. Qaysi javobda qo‘shma va sodda yasama fe’llar ishtirok etgan?
A) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan 
gaplashayotgandi.
+B) Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun.


ATTESTATSIYA TESTLARI 
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
 
C) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi.
D) Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim! 
7. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sifat turkumiga oid so‘z egani aniqlab 
kelgan?
A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
+B) Norning nordon anori narida.
C) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
D)Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. 
8. Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‘sh, yayov. She’riy parchada ishtirok etgan olmoshlarning 
sintaktik vazifasini belgilang.
A) kesim, ega, aniqlovchi
B) ega, to‘ldiruvchi, hol
C) kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi
+D) kesim, ega, to‘ldiruvchi 
9. Qaysi javobda “zupta” so‘zining ma’nodoshi berilgan? 
A) zudlik bilan 
B) asl 
C) qattiq 
+D) asil 
10. Quyida berilgan qaysi maqoldagi fe’lning asosi omonim emas?
A)Yer to‘ydirar − o‘t kuydirar.
B) Oltin olma, olqish ol.
+C) Zar qadrini zargar bilar.
D) To‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-u quruq baravar yonadi. 
11. Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo‘lgan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan 
so‘zni aniqlang.
A) varaqlash
B) uyqusirab
+C) atama
D) eslaganlik 
12. "Adolat manzili" asari muallifi kim va qaysi janrda yozilgan?
+A) Odil Yoqubov, roman
B) Pirimqul Qodirov, roman
C) Chingiz Aytmatov, roman
D) Odil Yoqubov, qissa 
13. Jarangsiz jufti mavjud bo‘lmagan til oldi undoshlarini aniqlang.
A) x, h
B) r, l, n, y
C) l, m, r, n
+D) r, l, n 
14. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe’lning vazifa shakllari to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan? 
Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi 
quritmay dazmollanadi



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin