Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə38/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot


Ijro mexanizmining asosiy statik keltirilgan xatoligini uni aniqlik sinfi deyiladi.
Ijro mexanizmlarining aniq xarakteristikalari uni sterjenini siljishni variatsiyasi bilan va sezgirlik oralig‘i bilan belgilanadi. Siljish bo‘yicha variatsiya deganda rostlash signali ta’sirida bir qiymat uchun to‘g‘ri va teskari yaqinlashish oqibatida topilgan siljishlar orasidagi eng katta qiymatlar orasidagi ayirmani uni shartli siljishiga nisbatini protsentda hisoblangan qiymati tushuniladi. Sezgirlik oralig‘i deyilganda siljishni amalga oshira oladigan eng kichik rostlash signalini qiymatini to‘lik rostlash signaliga protsentda ifodalangan nisbatiga tushuniladi.
Ijro etuvchim mexanizmlar real sharoitlarda, siljuvchi sistemaga ta’sir qiladigan turli kuchlarni ta’siri ostida ishlaydi, ular ichida siljish sistemasiga ta’sir qiladigan ishqalanish kuchi, zatvorga ta’sir etadigan statik va dinamik kuchlardir. Jami karshilik kuchlari siljuvchi sistemaga ta’sir etayotgan kuchlar yig‘indigiga tengdir


.
Ushbu tenglamani chiziqli qismi siljituvchi kuchni tashkil etadi. Bu kuchla summasi birinchidan to‘g‘ri va teskari siljish mobaynida xar xil qiymatlarga ega bo‘ladi (quruq ishqalaniy tufayli). Ikkinchidan kuchlar summasi siljish tomoniga ko‘ra o‘zgaradi (statik va dinamik ta’sir kuchlar oqibatida). Ishchi bo‘shliqda havo bosimini o‘zgarishi bilan siljish sistemasini siljishi orasidagi bog‘lanish qarshilik kuchlarini mavjudligida quyidagi tenglamam bilan ifodalaniladi



Undan



Yuqoridagi tenglamaning ikkinchi tashkil etuvchisi ijro mexanizmining absolyut siljishi bo‘yicha og‘ishi S deyiladi. Ushbu absolyut og‘ish qiymatini uning to‘liq siljishiga (Q = 0 bo‘lgandagi) nisbati siljishni nisbiy og‘ishi deyiladi



Agar SY=(PК-PН)FЭ/g desak, unda siljishni nisbiy og‘ishi quyidagicha yoziladi:

Ushbu siljishni og‘ishi, ishchi sharoitdagi, siljish sistemasiga ta’sir etayotgan turli kuchlar oqibatida nazariy siljish va amaliy siljish xarakteristikalari orasidagi xatolik mezonidir.
Siljituvchi kuchni topish masalalarini ko‘rib chiqaylik:
To‘g‘ri siljish paytida

Teskari siljish paytida



Siljituvchi kuchning maksimal qiymati.
To‘g‘ri siljish paytida:

Teskari siljish paytida:


.

Membranani ishchi bo‘shlig‘ida hosil bo‘ladigan maksimal kuch manba bosimi bilan belgilanadi, minimal kuch esa nul bosim bilan belgilanadi. Yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki siljituvchi kuch (to‘g‘ri siljish va teskari siljish paytlarida) siljishni oxirida anchaga kam boshidagiga nisbatan. Membrana-prujinali pozitsionersiz ijro mexanizmlari asosidagi ijro etuvchi qurilmalarni ishlashi analiz qilsak, quyidagi xulosalarga kelinadi:


- siljiydigan sistemaga tashqi kuchlarni ta’siri uni siljish xarakteristikasini o‘zgartirib yuboradi, nochiziqlik va gisterezis kirish yo‘li bilan;
- ijro mexanizmlari siljishni oxirida katta bo‘lmagan siljituvchi kuch hosil qiladi;
- pozitsionersiz ishlatiladigan ijro mexanizmlarida ularni dinamik xususiyatlari talabga javob bermaydi.
Pozitsionerli ijro mexanizmlari ko‘pchilik xususiyatlari bilan talablarga javob beradi. Pozitsioner asosan holat rostlagichi sifatida ishlatiladi. Uni ishlab berayotgan signali chiqish elementining holati bo‘yicha bo‘lib, bu signal rostlagichni rostlash signali bilan solishtirilib, ishchi bo‘shliqga kirayotgan siqilgan havo bosimini sarfini rostlab turadi.
Pozitsionerlarni qo‘llash natijasida quyidagi yutuqlarga ega bo‘lamiz:
-boshqarish sistemasini dinamik xususiyatlari yaxshilanadi.;
- siljish xarakteristikasidagi statik xatolik va gisterezis yo‘qoladi.
Pozitsionerlarni qo‘llab biz siljituvchi kuchni ko‘paytira olmaymiz ammo rostlash signalini quvvatini oshiramiz, chunki pozitsionerlarda manba bosimi 2,5; 4 kgk/sm2 bo‘ladi.
To‘sib qo‘yiladigan va to‘sib-rostlaydigan ijro etuvchi qurilmalarda oxiridagi katta siljituvchi kuch prujinani bikirlik kuchini o‘zgartirish hisobiga erishiladi.
To‘g‘ri ta’sir etuvchi mexanizmlarda katta siljituvchi kuch to‘g‘ri siljishning oxirida kerak bo‘ladi, shuning uchun ularni prujinalari kam bikirlikka ega bo‘lgan prujinalardan qilinadi. Teskari ta’sir etuvchi mexanizmlarda katta siljituvchi kuch teskari siljishning oxirida kerak bo‘ladi, shuning uchun ularni prujinalari yuqori bikirlikka ega bo‘lgan prujinalardan tayyorlanadi.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin