Axborat xavfsizligi maxsus fanidan


Fan (modul)ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash; 5.Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro‘yxati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə4/91
tarix20.09.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Axborat xavfsizligi maxsus fanidan

Fan (modul)ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash; 5.Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro‘yxati.


O’QUV FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI




Fanning maqsadi: 30.52.01.00-Informatika axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishida ta’lim oluvchi o‘quvchilarda mutaxassislikka oid turli xil kompyuter dasturlari va ular bilan ishlash, vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘stirish va shakllantirishga qaratilgan
Fanning vazifasi: Kasbga kirish fani o‘quvchilarni Kompyuter grafikasi va dizayn operatori mutaxassisligi bo’yicha keng miqiyosda bilimga ega bo‘lishda mustaqil fikrlay olishga o‘rgatadi. Ularda kompyuter grafikasi, grafik dizayn, grafik

axborotlarni tasvirlash va kompyuter grafikasi dasturlari bilan ishlash ko'nikmasini shakllantiriladi.

FANNING KVALIFIKATSION XARAKTERISTIKASI




O‘quvchilar fanni o‘qib tugatgandan so‘ng quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

Dasturga kirish;

Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari. Kompyuter grafikasi turlari;

Power Point dasturi interfeysini o‘rnatish va taqdimotlarni yaratish bosqichlari;

Corel Draw dasturi, interfeysi va unda ishlash asoslari

Fanni o‘qish jarayonida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:

Adobe Photoshop dasturi interfeysi va ishlash asoslari;

Macromedia Flash dastur interfeysi va uning ishchi muhitini sozlash;

Uch o‘lchamli grafika tushunchasi, turlari, ishlatish sohalari, Macromedia Flash, 3DS Max) dasturlari bilan ishlash.


FANNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA TAVSIYALAR


Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, ish harakati usullari, shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Kasbga doir turli ko‘rgazma, ko‘rik tanlovlarda o‘quvchilarning ishtirokini muntazaam ravishda tashkillashtirib borish, bu o‘quvchilarda ijodkorlik hamda badiiy saviyani o‘stirishda qo‘l keladi.

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni egallayotgan bilim, ish harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini izlab topishga mustaqil o‘rganishg, o‘z fikrlarini bayon etishga imkon beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchining shaxsining shakllanishi, rivojlanishiga sharoit yaratib, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi.

Dars davomida klaster (tarmoq), boshqaruv; talaba, o‘qituvchi shaxsi treningi; aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali davra suhbati, bahs – munozara, muamolli vaziyat va boshqa metodlaridan keng foydalaniladi.


Ta’lim
jarayonida
ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalari, axborot telekommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish tavsiya etiladi
O‘qitish metodlari.
Ushbu fanni o‘qitish jarayonida kuyidagi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. ogzaki so‘rov - tushuntirish, ma'ruza, o‘kuv muhokamasi, o‘kuvchilar bilan ishlash;

  2. ko‘rsatish metodi - ko‘llanmalarni ko‘rsatish, plakatlar, rasmlar, modellar, maketlar, filmlarni namoyish etish;

v) amaliy usul - rejalash, loyiha va tadqiqot ishlari bo‘yicha dasturlash masalalari va boshqa metodlar; muammoli, evristik, klaster, aqliy hujum, 3x4 metodi. (o‘qituvchi tomonidan aniqlanadi).
g) ma'ruza, amaliy mashg‘ulot, va qo‘shimcha adabiyotlar, ta'limning zamonaviy metodlari, zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiya tenxnologiyalaridan qo‘llaniladi
O‘qitishning texnik vositalari.
“Axborot xavfsizligi ” fanidan amaliy mashgulotlar kuyidagi vositalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda o‘tish tavsiya etiladi:

  1. Internetga ulangan shaxsiy kompyuterlarda.

  2. Proektor

  3. LCD proektor

  4. Proektor uchun ekran

  5. Matnli vizual - vositalar

  6. Maxsus adabiyotlar

  7. Videofilmlar

  8. Texnik vositalar

  9. Doska

  10. Kompyuter

  11. Proektor

  12. Skaner, rangli printer

  13. Informatika fanidan multimedia to‘plami;

Baholash tizimi.
O‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholash Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlangan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilimi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida” gi Nizom asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarni olayotgan bilim, malaka va ko‘nikmalari ballar asosida doimiy baholab boriladi. Yakuniy baholashdan oldin oraliq nazoratlar o‘tkazilib, tor doiradagi ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. Semestr oxirlarida esa ushbu fanning malakali o‘qituvchilari va maxsus fan o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan komissiya a'zolari ko‘rgazmada qatnashayotgan o‘quvlarni bajargan ishlariga qarab baholab chiqadilar.
Joriy baholash me’zonlari A’lo bahoga:

  • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo‘lsa;

  • vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;

  • chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;

  • voqyea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;

  • geografik ob'ektlaming nomlarini kartografik qonunlarga amal qilib to‘liq yozgan bo‘lsa;

  • xaritada tasvirlangan tafsilotlarni ilmiy va mantikiy ketma-ketlikda to‘liq tavsiflab bersa

rofillar, grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni to‘g‘ri chizgan va voqyea- hodisalarni o‘zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy va mantiqiy to‘g‘ri talqin etsa;

  • ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.

Yaxshi bahoga:

  • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini tushungan bo‘lsa;

  • vazifani mustaqil bajara olsa;

  • chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;

  • voqyea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;

  • geografik ob'ektlarning nomlarini kartografik qonunlarga amal kilib, lekin to‘liq yozmagan bo‘lsa;

  • xaritada tasvirlangan tafsitotlarni ilmiy va mantiqiy ketma-ketlikda tavsiflashda biroz xatoga yo‘l qo‘ysa;

  • profillar, grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni to‘g‘ri chizgan va voqyea- hodisalarni o‘zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini talqin etishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa;

  • ishni belgilangan muddatda topshirsa.

O‘rta bahoga:

  • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;

  • vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo‘lsa;

  • xaritalarni mazmunan to‘g‘ri chizgan va tushungan, ammo bayonida qiynalsa;

  • voqyea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;

  • geografik ob'ektlarning nomlarini to‘liq yozmagan bo‘lsa;

  • xaritada tasvirlangan tafsilotlarni bayon kilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ysa;

  • profillar, grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni deyarli to‘g‘ri chizgan, ammo talqin etishda chalkashliklarga yo‘l qo‘ysa;

  • ishda ayrim kamchiliklar bo‘lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin