Axborot texnologiyalari


Scrach muhitida chiziqli dasturlar yaratish



Yüklə 6,56 Mb.
səhifə4/4
tarix10.12.2023
ölçüsü6,56 Mb.
#139234
1   2   3   4
Nazirov Odiljon.kurs ishi

Scrach muhitida chiziqli dasturlar yaratish.

O’yinni tayyorlash uchun Scratch 2 dasturi ishga tushiriladi.



Dasturni tili o’zbek tili deb ko’rsatiladi. Buning uchun File menyusi oldida (globus) belgisidan o’zbek tili faollashtiriladi. Shundan so’ng dasturdagi buyruqlar o’zbek tiliga o’giriladi.

Standart holda oyna markazida mushuk joylashgan bo’ladi. Scratch dasturida u va shu kabi rasmlar(qahramonlar) spraytlar deb nomlanadi. O’yin qahramoni sifatida sifatida shu spraytni o’zini yoki boshqa spraytni tanlash mumkin. Biz boshqa spraytni tanlaymiz. Avval mushukni oynadan o’chiramiz. Buning uchun menyular qatorida joylashgan qaychini tanlab, so’ng mushuk ustiga sichqoncha tugmasi chertiladi. Natijada mushuk ekrandan o’chiriladi. Endi yangi spraytdan foydalanamiz. Sprayt qo’yishning bir necha usuli mavjud. Biz kutubxonadagi tayyor rasmlardan foydalanamiz. “Yangi sprayt” yozuvi oldidagi piktogramma yordamida buni bajaramiz.

Oynaga quyidagi uchta spraytni joylashtiramiz

Har bir sprayt nomi oynaning pastki qismida ko’rinib turibdi. Endi fon sifatida kutubxonadagi rasmlardan birini joylashtiramiz. Buning uchun Yangi fon yozuvi ostidagi piktogrammalardan foydalanamiz.

Dastur quyidagi ko’rinishga keladi:

Tuzadigan dasturimizda “Pico” nomli sprayt sovg’ani qo’lga kiritishi kerak. Ammo o’rgimchak unga xalaqit beradi. Endi dasturlash qismiga o’tamiz. Dastur kiritish uchun Scriptlar bo’limidan foydalanamiz. Skriptlar bo’limida qahramonlarimiz bajara oladigan buyruqlar maxsus belgili bloklar ichida joylashtirilgan. Avval Piconi strelka yordamida oldinga harakatlantiramiz.
Asosiy oyna ustida yashil bayroq va stop tugmasi tasvirlangan bo’lib, dasturni ishga tushirish uchun mana shu yashil bayroq, to’xtatish uchun esa, qizil tugma tanlanadi.Pico harakati ham manashu yashil tugma orqali amalga oshiriladi, Demak buning uchun “Hodisalar” bo’limidan skripti tanlanadi va dasturlash maydoniga joylashtiriladi.

Dasturlash maydoni

Rasmdan ko’rinib turibdiki, ushbu buyruq ostida yana boshqa buyruqlarni kiritishimiz mumkin. Endi bu hol hardoim faol turishi uchun “boshqaruv” bo’limidan “har doim” scripti tanlanadi va quyidagicha ukanadi:

O’ng tugma bosilganda harakatlanish uchun bizga shart scripti kerak bo’ladi. Ya’ni “agar o’ng tugma bosilsa” degan shart asosida ishlaydigan scripti topamiz. U ham boshqaruv bo’limida joylashgan “agar … dan keyin” scriptidir. Uni ham kod ichida joylashtiramiz:

Agar yozuvidan so’ng bosh joy bor. Unga “Sezgirlik” bo’limidan “Bo’sh joy tugmasi bosilganda” scriptini joylashtiramiz va “bo’sh joy” yozuvini “o’ngga ko’rsatgichi” yozubi bilan almashtiramiz.

“Harakat” bo’limidan “yur 10 qadam” buyrug’ini kod ichida joylashtiramiz.

Bayroqcha yordamida dasturni ishga tushirib ko’ramiz. Natijada klaviaturadagi o’ng tomonga yo’nalish strelkasi bosilsa, Pico o’ng tomonga harakatlanadi. Endi chap tomonga harakatlanishi uchun shu kodga quyidagicha qo’shimcha kiritamiz:

Ushbu script natijasida Pico klaviatura yordamida o’ngga va chapga harakatlandi.
O’rgimchakni yuqoriga va pastga harakatlantirishni ko’rib chiqamiz.
O’rgimchak o’zi avtomatik tarzda yuqoriga va pastga har doim harakatlanib turishi kerak. Buning uchun xuddi yuqoridagi singari “Bayroqcha bosilganda” va “Har doim” buyruqlari tanlanadi. So’ng, o’rgimchak 1 soniyada ko’rsatilgan joyga borsin buyrug’I tanlanadi. Buning uchun “Harakat” bo’limidan scripti tanlanadi. Bunda x va y o’rgimchakning joriy turgan o’rning koordinatalari bo’ladi. X va Dastur quyidagi ko’rinishga keladi:

Dasturni ishga tushirsak o’rgimchak harakatini ko’rolmaymiz. Sababi biz joriy turgan o’ringa boorish buyrug’ini berdik xolos, o’rgimchakni oynaning yuqori qismida joylashtiramiz. Natijada oxirgi joylashtirgan scriptdagi x va y o’qlarining koordinatalari o’zgaradi va shu scriptni kodga joylashtiramiz:




Ana endi o’rgimcha yuqoriga va pastga har doim harakatlanib turadi. Ammo, Pico o’rgimchakka tekkanda hech narsa sodir bo’lmaydi. Picoga qo’shimcha kod kiritamiz:


Pico o’rgimchakka tekkanda ko’rinmasligi uchun:

Ko’rinish bo’limidan

Sezgirlik bo’limidan

Sichqon ko’rsatgichi yozuvini ladybug2 yozuvi bilan alamashtiramiz(o’rgimchak shunday nomlanganligi uchun).

Pico ko’rinmas holga kelganida dasturning yuqori qismidagi bayroqcha bosilganda, u yana ko’rinishi va dastlbki vaziyatga qaytishi uchun quyidagi scriptni kiritamiz:



Endi sovg’ani olishi uchun unga sakrash imkonini ham berish kerak. Buning uchun Piconing birinchi kodini quyidagicha o’zgartiramiz:


Amal bo’limidan

Bu script yordamida klaviaturaning yuqori strelkasi tanlanganda Pico 0.5 soniyada yuqoriga qarab harakatlanadi va qaytib 0.5 soniyada dastlabki vaziyatiga qaytadi. Natijada sakrash effekti hosil bo’ladi.


Endi Pico sovg’aga tekganida, sovg’a ko’rinmasligini boshqaramiz. Buning uchun sovg’aga quyidagi skriptni kiritamiz:

Dasturni qayta ishga tushirganda ya’ni bayroqcha bosilganda sovg’a yana ko’rinishi uchun kodga qo’shimcha kiritamiz:

Xulosa.
Mustaqil Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar, siyosiy. iqrisodiy. ilmiytexnikaviy va madaniy, sohadagi o'zgarishlar maktab ta'limi tizimida ham o'z aksini topmoqda. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tarbiya tizimini yaratish, shu asosida ta'lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta'lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxassislklar qatori iformatika bo'yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo yetadi. Ushbu dolzarb masalalar Informatika fan dasturi mazmunini ham o'zgalashtirishga ta'sir etadi. Ta'lim tizimida Infonrlatikani o’qitish metodikasi fanining o'qitilishi pedagog kadrlarni inrellekrual salohiyatga ega, mustaqil fiklovchi, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo'lishlari uchun sharoit yaratibgina qolmay, kasbiy faoliyatlarida ta'lim jarayonini rejalashrirish va tashkil etishda ulardan samarali foydalana olish ko'nikma va malakalarini shakllanririlishiga asos bo'ladi. Yuqoridagi fikrlar Informatika fanining asosiy mazmunini belgilashga yordam beradi. Respublikamizda, yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o’rta maktab Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir. Informatika - bu umumta'lim fanidir va unga tizimli nuqtai nazardan qarash kerak, bu o'rta ta'limning o'ziga xos xususiyatlari va vazifalari bilan belgilanadi. Informatikani fan sifatida qabul qilinishining qiyinchilik tomoni shundaki undagi masalalar fizika, matematika, astronomiya fanlariga ham tegishlidir va informatika fanlararo aloqadorlikka ega. Bugungi kunda bolalar faqatgina kompyuter mavjudligini bilish bilan cheklanib qolmasliklari kerak, u haqida faqatgina tasavvurga ega bo’lmay, balki u erkin ishlashlari, ushbu texnikani qo'llashni bilishlari kerak. Informatika - bu ob'ektlar yoki jarayonlar haqida emas, balki ularni avtomatlashtirish, yaratish va faoliyatining usullari, vositalari va texnologiyalari haqidadir. Bu fan nafaqat uning chuqur o'rganilishini, balki o'z bilimlarini modernizatsiya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni amaliy qo'llay olishni hamda olingan bilimlarni optimallashtirishni ta'minlaydi. Informatika darslarida dunyoni tizimli qabul qilish, tabiatdagi va ijtimoiy sohalardagi xodisalarni umumiy aloqadorligini isloh qilish tasavvurlari rivojlanadi. Uning darajasi asosan axborotni tezda qayta ishlash va unga asoslanadigan qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan belgilanadi, bu o’quvchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlar talab qiladi. O’qituvchilardan esa barcha yangi usullar va ta'lim vositalaridan foydalanishni. Maktab informatika fanining mazmuni muayyan darajada fanning rivojlanish darajasiga va jamiyat talablariga javob berishi kerak. Xisoblash texnikasining rivojlanishi, birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotining tez suratlarda yangilanishi inson faoliyatining barcha sohalariga tarqalishiga sababchi bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida informatika fanini bolalarga mukammal darajada etkazib bera oladigan, yuqori sifatli axborot texnologiyalari bilan o'qitishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash zarurligini ko’rsatmoqda. Yangi kompyuter texnologiyalari paydo bo'lishi, shuningdek, informatika fanlari ta'limi doirasida ta'lim mavzularining kengayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Kompyuter texnologiyalari shu darajada tez rivojlanmoqdaki ta’lim qanchalik harakat qilmasin undan bir qadam orqada qoladi. Xususan, ACM va Compyuter Science kabi qo’mitalarning yakuniy xulosalariga ko’ra informatika fanini o’qitishda bir qancha mavzular ahamiyatli deb topilgan va bunda so’nggi yillarda amalga oshirilgan texnik o’zgarishlar hisobga olingan Informatika fani jamiyatni yanada rivojlantirish jarayonlariga tobora ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Jamiyatning umumiy salohiyatini va uni rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi omillarga aylanmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish - zamonaviy sivilizatsiyasining eng muhim tarkibiy qismidir. Informatika fani tabiat va jamiyatdagi axborot va axborot jarayonlari bo'yicha asosiy texnik jihatdan fundamental fanga aylanmoqda. Bundan buyon maktab informatika kursining umumiy ta'lim va amaliy ahamiyati tobora o'sib boraveradi. Bu kurs katta gumanitar salohiyatga ega. U yosh avlodni axborot jamiyatidagi samarali faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Informatika o`qitish metodikasi pedagogikaning informatika fanini umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiya fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiqot qiluvchi bo`limi hisoblanadi. Informatika fanini o`qitish quyidagi maqsadni ko`zda tutadi: o`quvchilarga informatika fanini ijodiy o`qitish va o`zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalari bilan qurollantirish; o`quvchilarni informatika sohasi bo`yicha turli tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o`tkazishga tayyorlash; o`quvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo`llari va ulkan istiqbollari haqida tasavvurlarini rivojlantirish hamda chuqurlashtirishdir. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan ko’rinib turibdiki, ta’lim muassasalari o’quvchilarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR


1. “Scratch для юных программистов” Голиков Д. В.
2. “Scratch для детей” Мажед Маржи Mосква 2017
3. “Программирование на Scratch 2” Голиков Денис и Голиков Артём
4. “Methods of teaching programming languages using Scratch technology” Yasemin GÜLBAHAR; gulbahar@ankara.edu.tr
5. 5-sinf darsligi Kamalitdinova Dilorom Turg’unovna, Sayfurov Dadajon
6. https://dasturchi.uz/plangs/scratch-dasturida-ishlash/
7. Xaytullayeva, D. T. "Infor-matika va axborot texnolo-giyalari": umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik
8. Informatika va axborot texno-logiyalari": umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.
http://fayllar.org
Yüklə 6,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin