248
shartlarga muvofiq virtual tarmoqni o‘zgartirish imkoniyatiga xizmat qiladi.
Quyida virtual xususiy tarmoqni qurish uchun dasturiy mahsulotlar keltirilgan.
Shifrlashning apparat-dasturiy kompleksi “Kontinent”-3.5
– TCP/IP
protokollarini ishlatuvchi umumfoydalanuvchi global tarmoqlar asosida virtual
xususiy tarmoqlarni qurish vositasi hisoblanadi.
Kompleks VPNning tarkibiy
qismlari orasida ochiq aloqa kanali bo‘yicha uzatiluvchi axborotni kriptografik
himoyalashni ta’minlaydi. Kompleks uzatiladigan va qabul qilinadigan paketlarni
turli mezonlar (adreslash, o‘lchash, kengaytirish va h.) bo‘yicha filtrlashni amalga
oshiradi. Bu esa tarmoqni ishonchli himoyalashni ta’minlaydi.
VipNeTCustom –
dasturiy va dasturiy -
apparat mahsulotlar qatori
hisoblanib, yirik tarmoqlarda axborotni himoyalashni tashkil etish imkoniyatiga
ega va axborotni himoyalashning quyidagi ikkita masalasiga mo‘ljallangan:
-
boshqarish markazlariga ega virtual xususiy
tarmoqni tashkil etish
yo‘li bilan aloqaning umumfoydalanuvchi va ajratilgan kanallari bo‘yicha
foydalanish cheklangan axborotni uzatuvchi himoyalangan muhitni yaratish;
-
elektron raqamli imzo mexanizmlaridan foydalanish maqsadida ochiq
kalitlar infrastrukturasini tashkil etish.
Himoyalanganlikni
taxlillovchi
dasturlar.
Himoya
samaradorligini
nazoratlash axborotdan ruxsatsiz foydalanish hamda axborotni yoki axborotni
ishlash va uzatish vositalarining normal ishlashining buzilishi evaziga axborotning
texnik kanallar bo‘yicha sirqib chiqishini o‘z vaqtida
aniqlash va bartaraf etish
maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu vazifani “xavfsizlik skanerlari” deb ataluvchi
“himoyalanganlikni taxlillash vositalari” bajaradi. Quyida himoyalanganlikni
taxlillash vositalarining dasturiy maxsulotlari keltirilgan.
XSpider 7.8
– zaifliklarni tatbiqiy hamda tizimli
sathlarda tezdan samarali
qidirishni amalga oshiruvchi tarmoq xavfsizligi skaneri. Ushbu skaner har qanday
ko‘lamli tarmoqlarda xavfsizlik maqomini nazoratlashning samarali tizimini barpo
etadi.
Tarmoq revizori
– ruxsatsiz foydalanishga urinishlarni
bartaraf etishga
mo‘ljallangan tarmoq skaneri. Tarmoq revizori TCP/IP steki protokollaridan
249
foydalanuvchi o‘rnatilgan tarmoq dasturiy va apparat ta’minoti zaifliklarini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Skaner BC
- himoyalanganlikni kompleks taxlillash tizimi.
Ushbu skaner
operasion tizimli va oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotli yuklovchi DVD yoki
USB –to‘plagich. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot axborot tizimi himoyalanganligini
kompleks taxlillashni va testlashni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: