266
ma’lumotlardan birgalikda foydalanish xatoliklarni kamaytirishga imkon beradi.
1 - xabarlovchi
n - xabarlovchi
1 - xabarlovchi
n - xabarlovchi
Signalizatsiya
shleyfi
Signalizatsiya
shleyfi
Qabul qiluvchi
nazoratlovchi
punkt
Yorug’lik
xabarchi
Tovushli
xabarchi
10.12-rasm. Ob’ektlarni qo‘riklovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy
strukturasi
Signalizasiya shleyfi
elektr zanjirni hosil qilib, datchiklar va qabul qiluvchi -
nazoratlovchi asboblarning elektr bog‘lanishini ta’minlaydi. Ulovchi simlarni
tejash maqsadida datchiklar guruhlarga birlashtiriladi, shleyflar esa qabul qiluvchi
- nazoratlovchi asbob bilan ulanadi. Masalan, qo‘riqlovchi va yonG‘in datchiklari
trevoga signallarini bitta shleyf orqali uzatadi.
Shleyflar qancha ko‘p bo‘lsa, datchiklarning o‘rnatilish
joylarining
lokalizasiyalanganligi shunchalik aniq bo‘ladi va niyati buzuqning suqilib kirish
joyi aniqroq aniqlanadi. Undan tashqari qo‘riqlash va yong‘in signalizasiyalari
uchun alohida shleyflar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holda
yonG‘indan qo‘riqlashning signalizasiya vositalarini ish vaqtida o‘chirib qo‘yish
mumkin.
Qabul qiluvchi – nazoratlovchi punkt
datchiklardan
keladigan signallarni
qabul qilish va ishlashga, qo‘riqlash xodimlarini tovush va yorug‘lik signali
yordamida trevoga signallari kelganligi, datchiklar va shleyflar ishlashidagi
nosozliklar xususida xabardor qilishga mo‘ljallangan.
267
Hozirda
televizion kuzatuv tizimi
keng qo‘llanilmoqda. Bu tizim tarkibiga
tungi vaqtda qo‘riqlanuvchi hududda kerakli yoritilganlik darajasini ta’minlovchi
navbatchi yorituvchi vositalari ham kiradi. Kuzatish tizimi qo‘riqlanuvchi xudud
va niyati buzuqlarning harakatini masofadan vizual nazoratlashga imkon beradi.
Undan tashqari zamonaviy kuzatuv vositalarining imkoniyatlari niyati buzuqning
nazoratlanuvchi zonalarga suqilib kirishini aniqlash va qo‘riqlash masalalarini hal
etaoladi.
Avtonom qo‘riqlash tizimining
ekspluatasiyasi katta
sarf -xarajatlarni talab
etadi. Shu sababli markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu
tizimda niyati buzuqlarni neytrallashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun
umumiy hisoblanadi.
Markazlashtirilgan qo‘riqlashga misol tariqasida omonat bank filiallarini,
kichik firmalarni, xususiy uylarni,
dala hovlilarni, xonadonlarni qo‘riqlashni
ko‘rsatish mumkin. Xududiy yonma – yon, masalan bitta binoda joylashgan
firmalar qo‘riqlashning umumiy bo‘linmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Samarali
markazlashtirilgan qo‘riqlashni ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati
bo‘linmasi ta’minlaydi.
Trevoga signali kelishi bilan operator buyruG‘i bo‘yicha qo‘riqlash
ob’ektiga qurollangan xodimlar guruhi jo‘natiladi. Qo‘riqlash guruhining ob’ektga
etib kelish vaqti qat’iy belgilangan (5-7 minut). Ammo markazlashtirilgan
qo‘riqlash tizimining reaksiya vaqti avtonom qo‘riqlash tizimiga qaraganda katta,
ayniqsa agar qo‘riqlanuvchi ob’ekt mobil qo‘riqlash guruhining mashinasi turgan
joydan uzoqda bo‘lsa. Undan tashqari ushbu vaqt ba’zi hollarda nojoiz kattalashi
mumkin. Bunga misol tariqasida radioaloqaning buzilishini, yo‘llardagi
“tirbandlik”ni, tasodifiy yo‘l - transport hodisalarini va h. ko‘rsatish mumkin.
Ammo, markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimi taxdidlarni, ayniqsa qurolli xujumlarni
neytrallashda katta imkoniyatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: