Axborotlashgan jamiyatning ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 54 Kb.
tarix10.06.2023
ölçüsü54 Kb.
#128008
AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI


Axborotlashgan jamiyatning ijobiy va salbiy tomonlari.

Reja:


1.Axborotlashgan jamiyat.

2.Axborot jarayonlarning rivojlanish bosqichlari.

3. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi.

4. Mexanik mashinalar davri.




Foydalanilgan aabiyotlar.
Axborot Resurs markazi.

Internet ma’lumotlari.

Innformatika darsliklar.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo‘lga o‘tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo‘ymoqda.
Korxonalarni texnik jixatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, ilіor konstruktsiyali materiallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o‘stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, aholining harid talabini qondirish, ilm-fan ishlab chiqarish tarmoqlarni, ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari ishlab chiqarishlarini rivojlantirish vazifasi kelib chiqadi.
Bularning hammasi axborotlashtirishning o‘lkan imkoniyatlaridan eng samarali foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o‘tish davridagi jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgandir.
Axborotlar texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
o Axborotni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
o Uni qayta ishlash, joyiga uzatish;
o Ma’lumotlarni kodlashtirish;
o Ma’lumotlarni saqlash va izlash;
o Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash;
o Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish;
o Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Ma’lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yo‘zaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo‘ladi. Shu o‘rinda ba’zi jarayonlar qaytarilishi mumkin.
Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko‘p jixatdan iqtisodiy ob’ektga boіliq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
Axborotni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish; axborotlarni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo‘jaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.
Shu o‘rinda boshlang’ich ma’lumotning ishonchli, to‘liq va zamonaviy bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Korxonada axborotni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish har xil xo‘jalik operatsiyalarini bajarish vaqtida sodir bo‘ladi. (Masalan: tayyor mahsulotlarni, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval axborot yiіiladi, keyin mustahkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining o‘zida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblash natijasida kelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yig’ish uchun o‘lchash ishlari, hisob-kitob, material ob’ektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli harakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi.
Axborotni yig’ish uni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga olib boriladi. Boshlang’ich hujjatlarga yozish asosan qo‘lda bajariladi, shuning uchun yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan haroitida asosiy e’tibor axborotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi.
Axborotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning texnik asosi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Sonli o‘lchov operatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kompyuter aloqa kanallari orqali axborotlarni yig’ish, uzatish va boshqalar.
Iqtisodiy axborotlarni uzatish har xil iqtisodiy ob’ektlarda turlicha amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘pincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma’lumki, axborotlarni yig’ish va uzatish ish joylarining o‘zida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi.
Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.
Uzoq masofaga axborotni aloqa kanallari orqali uzatish vaqtni va harajatni qisqartiradi. Uni amalga oshirish uchun esa turli maxsus texnik vositalar kerak bo‘ladi. Ba’zi axborotlarni yig’ish va ro‘yxatdan o‘tkazishning texnik vositalari ish joylariga o‘rnatilgan datchiklardan olinayotgan axborotlarni yig’ib, kompyuterga uzatadi. Boshlang’ich axborot paydo bo‘lgan joyidan o‘zatilgani kabi natijaviy axborot ham teskari yo‘nalishda uzoq masofaga (distantsion) o‘zatilishi mumkin. Bu holda natijaviy ma’lumot har xil asboblarda aks etadi.
Axborotlarni qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi:
a) axborot tashuvchilar;
b) bevosita kompyuterda maxsus dasturli va texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Axborotni uzoq masofaga uzatish usuli doim o‘sib, rivojlanib bormoqda. Bu usul ko‘p qirrali tarmoqlararo tizimda katta ahamiyatga ega. Chunki distansion uzatish bir boshqaruv bosqichidan ikkinchisiga axborotning o‘tishini tezlashtiradi va ma’lumotlarni qayta ishlashga ketadigan umumiy vaqtni tejaydi.
Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish-bu axborot tashuvchilariga axborotni kompyuterda qabul qilingan kodlarda yozish jarayonidir.
Bunday axborotlarni kodlashtirish berilgan boshlang’ich hujjatlarni magnit disklarga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi, so‘ngra kompyuterga qayta ishlash uchun kiritiladi.
Axborotlarni saqlash va yig’ish. Axborotlarni saqlash va yig’ish-axborotlardan ko‘p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo‘llash, boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlashgacha ularni to‘plash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi.
Axborotlarni saqlash axborot massivlari ko‘rinishida mashina tashuvchilari orqali amalga oshiriladi.
Berilgan ma’lumotlarni izlash; bu saqlanayotgan axborotlardan kerakli ma’lumotni tanlashdir. Axborotni izlash jarayoni kerakli axborotga tuzilgan so‘rov (savol) asosida amalga oshiriladi.
Axborotlarni qayta ishlash, chop etish va axborotdan foydalanish kompyuterda axborotlarni qayta ishlash markazlashgan holatda olib boriladi, mini va mikro kompyuterlarda esa, boshlang’ich axborot hosil bo‘lgan joyning (ya’ni u yoki bu boshqaruv xizmati mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ)) o‘zida amalga oshiriladi.
Axborot jarayonlarning rivojlanish bosqichlari
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot-ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yo‘zaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to‘plagan tajribalari majmui demak. Inson axborot oqimi ichra yahar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko‘rish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish maqsadida ko‘pdan ko‘p so‘zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimini bamisoli bahor sellari oqimi kabi ko‘paytirib yubordi. Axborot oqimining tobora ko‘paya borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, asrimizning 70-yillar o‘rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yetgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo‘ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob-kitobni cho‘t qoqib amalga oshirib bo‘lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o‘z vaqtida to‘plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo‘ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilіor axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo‘lidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o‘tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo‘jaligining yangi tarmoqlarini yo‘zaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o‘lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.
Axborot texnologiyasini o‘rganish asosan uch qismdan iborat:
o Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o‘rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, to‘zilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.
o Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik, erganomik va umumiy ta’minotlarni o‘rganadi.
o Boshqarish sub’ekti faoliyatiga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy masalalarni yechish yo‘llari o‘rganiladi.
Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish sub’ektida shakllanadi. Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish sub’ektining ustqurmasi hisoblanadi.
Demak, axborot texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagilarning bo‘lishi majburiydir:
o mutaxassislar;
o texnik vositalar;
o axborotlar.
S’huning uchun ham axborot texnologiyasi boshqarish funktsiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig’ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi inson-mashina tizimi deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan.
Shunday qilib, fanning asosiy vazifasi axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo‘llashdan iboratdir.
Fan quyidagi masalalarni yechadi:
o ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;
o axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlsh uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish;
o jamiyatning barcha sohalarida kompyuter teznikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning lmiy va muxandislik muommolarini yechishni yaratish hamda ularni tadbiq etish.
Informatika va axborot texnologiya keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq bo‘lgan yagona sohadir.
Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki axborot texnologiyalari informatika qonun-qoidalari asosida takomillashtiriladi. Bu fanda axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari axborotni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o‘rganiladi.
Bu fan matematika, fizika, kibernetika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog’liq.
“Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so‘zi lotincha “texnos” so‘zidan olingan bo‘lib, san’at, hunar, soha va “logos” fan degan ma’nolarni bildiradi.
Axborot texnologiyalari - axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud b’olib, ularni quydagicha tavsiflash mumkin.
Ichki omillar-bu axborotlarning paydo bo‘lishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlassh va h.k.
Tashqi omillar-bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bo‘nga sabab, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqazo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bu borada katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “ta’lim to‘g’risida”gi qonunda bu dasturning tub moxiyati bayon etilgan.
“Axborot texnologiyasi” fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rgatuvchi fan.
Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi.
Hisoblash texnikasining paydo bo‘lishiga asosan nimalar turtki bo‘lganligini uning tarixiga e'tibor bersak maqsadga muvofiqdir. Umuman hisoblash texnika-sining tarixi bir nechta davrni o‘z ichiga oladi:
o Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr;
o Mexanik mashinalar davri;
o Elektromexanik mashinalar davri;
o Elektron hisoblash mashinalari davri.
Inson hisoblay boshlashidagi ilk hisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari hizmat qilgan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki, ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo‘shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta – sekin sun’iy hisoblash vositalari vujudga kela boshladi, ya’ni Abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari yaratildi.

Tarixga bir nazar.


Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyatning hisoblash ishlarida ish unumdorligini oshirish vositasi sifatida hisoblash texnikasi vositalariga bo‘lgan ehtiyoji juda oldin paydo bo‘lgan. Qadimgi Xitoy va Rossiya yurtlarida sodda hisoblash vositasi sifatida idora schyotlari qo‘llanilganligi ham bizga tarixiy manbalardan ma’lumdir.
XVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnits va fransuz olimi B.Paskallar arifmetik amallarni bajaruvchi dastlabki mexanik qurilmalarni yaratdilar. Mexanik hisoblagichlarni rivojlantirishda shuningdek russiyalik olimlar shved millatiga mansub V.T. Odner hamda P.L. Chebishevlar katta hissa qo‘shdilar. Ular yaqin davrlargacha (1980 yillargacha) keng qo‘llanib kelgan arifmometrni yaratdilar. Biroq yuqorida zikr etilgan hisoblash qurilmalari ham xisob-kitoblarni mexanizatsiyalashtira olmadi, chunki axborotlar mashinaga qo‘lda kiritilar edi.
Hisoblash texnikasi taraqqiyotida angliyalik matematik Ch.Bebbidjning ishlari alohida ahamiyatga sazovordir. Uning tomonidan yaratilgan "analitik mashina" istalgan darajadagi murakkab hisoblash algoritmini bajara oladigan mashina edi.
Ushbu mashinada birinchi marta zamonaviy mashinalarning asosiy bloklariga mos keluvchi qurilmalar, ya’ni xotira, arifmetik qurilma, kiritish-chiqarish qurilmalaridan foydalanilgan edi.
Ch.Bebbidj o‘z ishlarida hozirgi zamon kompyuterlarining asosini tashkil etadigan hisoblashlarni programmali boshqarish printsipini taklif etadi. Biroq uning o‘z zamonasidan o‘zib ketgan, katta ahamiyatga molik loyiha-g‘oyalarini usha davrning texnik sabablariga ko‘ra amalga oshirib bo‘lmadi. Uning ishlari ulimidan so‘ng 1888 yilda e’lon qilindi va yuqori baholandi.
1854 yil Dj.Bul e’lon qilgan va ishlab chiqqan keyinchalik mantiqiy algebra deb nomlangan mulohazalar algebrasi EHMning yaratilishi va rivojlanish tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mantiqiy algebra hozirgi zamon EHMlari to‘zilgan ko‘pchilik mantiqiy elementlarni ishlash tartibini belgilab beruvchi matematik apparat sifatida foydalaniladi.
Amerikalik G.Xolleriz 1890 yil aholini ruyxatga olish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtiradigan mashinani yaratdi va mashinaga axborot tashuvchi sifatida perfokartadan foydalandi. 1896 yil perfokarta va perforatsion sanoq mashina ishlab chiqaradigan firmani tuzdi. Keyinchalik u hozirgi paytda zamonaviy EHMlar ishlab chiqaradigan jahondagi eng yirik IBM (International Business Mashines) firmasiga aylandi.
1918 yil rus olimi M.A.Bonch-Bruevich tomonidan ikki turg‘unlik holatiga ega bo‘lgan trigger deb ataluvchi elektron sxema yaratilishi, hisoblash texnikasining taraqqiyotida katta burilish yasadi. Qaysiki u EHMlarning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, axborotlarni - ma’lumotlarni tasvirlash shaklini va uni qayta ishlash qonun-qoidalarini aniqlab beradi.
Endi yo‘qorida aytib o‘tilgan mashinalar davri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Mexanik mashinalar davri.


Avval aytganimizdek, nemis olimi Velgelm Shikkard (1592–1636) tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Ammo bu moslamalar hayotda qullanilmadi.
«Fransuzlarning Arximedi» deb nom olgan Blez Paskal 1642 yilda keyinchalik keng ko‘lamda qo‘llanilgan va keyingi hisoblash texnikalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. 1642-1645 yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi 50 dan ziyod shakllarini yaratdi. Ularning ichida 1645 yilda yaratilgan «Paskal g'ildiragi» eng mukammali hisoblanadi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator – « Arifmometr » yaratildi. U qariyib 90 yil qo‘llanildi.
Elektromexanik mashinalar davri.
Qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilgan moslamalarni elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi elektromexanik hisoblash mashinalari paydo bo‘la boshladi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875 yilda yaratildi. 1925 yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisoblash mashinasini yasadi va hayotga tadbiq etdi.
Elektron mashinalar davri.
1943-1945 yillarda birinchi bo‘lib AQSH dagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'irlikdagi 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan o‘lkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC» ni yaratdilar. Bu bilan esa elektron mashinalar davrini boshlab berdi. 1947 yilda Bell laboratoriyasining xodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Volter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi.
Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga ega bo‘ldilar. Qisqa davr ichida tranzistor va integral sxemaning yaratilishi, bugo‘ngi ko‘ngacha elektron hisoblash mashinalarining bir qancha turlarining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin