Mashg’ulot usullari: takrorlash, suhbat va savol-javob, munozara (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash) tarzida muloqot o’tkazish, (talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgatgan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga, tayanch iboralardan savollar tashlanadi, ular o’z fikrlarini bayon qiladilar, hamma talaba javobni bayon qilib bo’lgandan so’ng talaba bilan birgalikda javoblar yakun qilinadi).
Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.
Tashkiliy qismi: Auditoriyaning jixozlanishi va sanitar sharoitlari, talabalar davomati – 2 minut.
Bilimlarni baholash: yangi mavzuni o’rganish uchun zarur bo’lgan material bo’yicha suxbat – 10 minut.
Yangi mavzuni bayon etish – 55 minut.
Mavzu o’zlashtirilgan darajasini aniqlash – 10 minut.
Uyga vazifa – 3 minut.
Tartiblash masalalarining turlari
Umuman tartiblash deganda berilgan ob’yektlar to’plamini ma’lum tartibda joylash uchun qayta ishlash jarayoni tushuniladi.
Tartiblash natijasida to’plamdagi elementlarni izlash jarayonlari yengillashadi. Undan tashqari tartiblashlar misolida qanday qilib algoritmni murakkablash evaziga samaradorlikni oshirishga erishish mumkinligini ko’rsatsa bo’ladi.
Hozirgi kunda ko’pgina tartiblash algoritmlari mavjud. Algoritmni tanlash qayta ishlanayotgan ma’lumotlar strukturasiga bog’liq va shu sababli tartiblash usullari asosan 2 sinfga ajratiladi. Bular massivlarni tartiblash va fayllarni tartiblash. Ularni yana ichki va tashqi tartiblash ham deb nomlaydilar.Chunki massivlar mashinaning tezkor xotirasida joylashadi. Fayllar esa odatda ancha hajmi katta bo’lgan lekin sekin ishlaydigan tashqi xotiradan olinadilar.
Xoaraning tartiblash algoritmi mazmuni
Eng yahshi tartiblash algoritmlaridan biri deb Ch. Xoara usuli hisoblanadi. Bu usul almashuvga asoslangan.
Bu yerda yahshi samaradorlikka erishish uchun dastlab katta masofadagi ya’ni bir-biriga eng uzoq joylashgan elementlarni almashtirish qo’llaniladi. Faraz qilaylik bizda n ta element kalitlar bo’yicha qayta tartibda berilgan. Xoara usuli bo’yicha ularni ta almashuv bilan tartiblash mumkin. Buning uchun dastlab eng chap va eng o’ng tomonda joylashgan elementlarni almashtiramiz. Keyin ikki tomondan o’rtaga qarab kelamiz. Lekin bu faqatgina qayta tartib aniq bo’lganda amalga oshiriladi.
Endi massiv ixtiyoriy tartibda berilgan bo’lsin. Ixtiyoriy X elementni tanlab massivni chapdan o’ngga qandaydir ai>x element uchramaguncha ko’rib chiqamiz. Keyin massivni o’ngdan chapga qandaydir ajelement uchramaguncha o’tamiz.