Energiya - barcha shakllarda namoyon bo`luvchi materiya harakatining yagona miqdoriy o`lchovi bo`lib, jismlarning yoki tizimining ish bajara olish qobiliyatini harakterlovchi fizik kattalikdir.
Mexanik energiya. Kinetik energiya.
Jismning mexanik energiyasi o`zining mexanik harakatini boshqa bir jismga berganda yoki o`zining fazodagi holatini og`irlik yoki elastik kuch ta’sirida o`zgartirganda shu jism bajara oladigan ish bilan o`lchanadi.
Mexanik energiya 2 hil bo`ladi.
Kinetik energiya.
Potensial energiya.
Kinetik energiya. Jismning mexanik harakati tufayli paydo bo`lgan va jism to to`xtaguncha bajarilishi mumkin bo`lgan ish bilan o`lchanadigan kattalikka kinetik energiya deyiladi.
Kinetik energiya. Jismning mexanik harakati tufayli paydo bo`lgan va jism to to`xtaguncha bajarilishi mumkin bo`lgan ish bilan o`lchanadigan kattalikka kinetik energiya deyiladi.
Harakat qilayotgan jism tormozlanganda uning bajara oladigan ishi harakat trayektoriyasiga ham, tormozlanish xarakteriga ham bog`liq bo`lmay, jismning kinetik energiyasidan iborat bo`lib massa bilan tezlik kvadrati ko`payitmasining yarmiga teng:
Potensial energiya.
Fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga jismni ko`chirishda tashqi kuchlarning bajargan ishi bosib o`tilgan yo`lning shakliga bog`liq bo`lmay, balki jismning boshlang`ich va oxirgi vaziyatlariga bog`liq bo`lsa, bunday kuchlar konservativ yoki potensial kuchlar deb ataladi.
Jismga ta’sir etuvchi og`irlik kuchi siqilgan yoki cho`zilgan prujinaning elastiklik kuchi, zaryadlangan jismlarga ta’sir etuvchi elektrostatik kuchlar konservativ kuchlarga misol bo`la oladi.
Jismning bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirishda kuchning bajargan ishi bosib o`tilgan yo`l shakliga bog`liq bo`lsa, bunday kuchlar nokonservativ kuchlar deb ataladi.
Jismning bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirishda kuchning bajargan ishi bosib o`tilgan yo`l shakliga bog`liq bo`lsa, bunday kuchlar nokonservativ kuchlar deb ataladi.
Ishqalanish kuchlari, muxitning jism xarakatiga qarshilik kuchlari nokonservativ kuchlarga kiradi.
Potensial energiya-jismlarning yoki ularning ayrim jismlarining o`zaro ta’sir energiyasi bo`lib, bu energiya ularning bir- biriga nisbatan joylashuviga bog`liq. Shuning uchun, potensial energiyaning qiymati jismni bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o`tkazishda tashqi kuchlarning bajargan ishi bilan o`lchanadi.
Yer sirtidan biror h balandlikda turgan jism og`irlik kuchi ta’sirida Yer sirtiga tushganda og`irlik kuchi bajargan ish:
Yer sirtidan biror h balandlikda turgan jism og`irlik kuchi ta’sirida Yer sirtiga tushganda og`irlik kuchi bajargan ish:
A= p۰h= mgh
Bu potensial energiyani ifodalaydi.
Demak, h balandlikda turgan jismning potensial energiyasi: